Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ekologiya
#Ekologik_madaniyat
#Seminar

🔰FAO eksperti Prezident maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi bolib o‘tdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sabzavot yetishtirish bo‘yicha xalqaro eksperti Leone Magliochetti Lombi O‘zbekistonga tashrifi doirasida Namangan Prezident maktabi o‘quvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazdi.

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror rivojlantirish uchun innovatsiyalar va yangi raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligida qo‘llash” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassis bolalarni gidroponika va aeroponika kabi o‘simliklarni yetishtirish usullari bilan batafsil tanishtirdi, shuningdek, butun dunyoda faol joriy etilayotgan “vertikal dehqonchilik” texnologiyasining xususiyatlari haqida gapirib berdi.

Batafsil...
#Zakovat

🔴 Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi maktablar ishtirokida “Zakovat” o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning jami 26 ta terma jamoasi bo‘lib, har bir jamoada 7 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Zakovat
#Fotoreportaj

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’rtasida bo’lib o’tayotgan “Zakovat” intellektual o’yinining final bosqichidan fotoreportaj.
__

📷H
ozirda o’yinning 1-turi o’z nihoyasiga yetdi. Musobaqa qizg’in bahslarga bo’y tarzda davom etmoqda.

❗️G’oliblarga:


⛪️OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🥇1-o‘rin uchun BHMning 5 baravari;
🥈2-o‘rin uchun BHMning 4 baravari;
🥉3-o‘rin uchun BHMning 3 baravari miqdorida yil davomida “Zakovat” stipendiyasi to‘lab beriladi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Belarus Respublikasi delegatsiyasi Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo'ldi

Bugun Belarus Respublikasining Vitebsk viloyati ijroya qoʻmitasi raisi A.M.Subbotin boshchiligidagi delegatsiya Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.

Mehmonlar maktab sharoitlari, maktab hududi va o'quv xonalarida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube