Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.9K subscribers
18.3K photos
2.36K videos
70 files
6.77K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabiga_sayohat

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabida bir kun.
___________
A day in the
Presidential school in Navai under the Agency for Presidential Educational Institutions.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўровнома_натижаси
#Survey_result

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati yuzasidan ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi.

❗️Unda 810 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning savollarga javoblari quyidagicha:

🔹Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi qaysi maktablar haqida rasmiy sahifalarimiz orqali ko‘proq ma’lumot berib borishimizni istaysiz?

-
Tayanch va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar - 70,4 %
-
Prezident maktablari - 27,1 %
-
Ijod maktablari - 2,5 %

🔹Qaysi loyihalarni ko‘proq taqdim etib borishimizni istaysiz?

-
"Mutaxassis javob beradi" - 31,3 %
-
"Xorijlik professorlar bilan intervyu" - 28,6 %
-
"Prezident maktabiga sayohat" - 20,2 %
-
"Farzandim Prezident maktabi o'quvchisi" - 19.9 %

❗️Prezident ta’lim muassasalari agentligi faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik 92,1% bilan
ijobiy baholandi.

⚡️So'rovnoma ishtirokchilarining taklif va mulohazalari:

▶️Agentlik tizimidagi maktablarga qabul kvotalarini oshirish
▶️Kirish imtihonlarining namunaviy savollarini ko'proq e'lon qilish
▶️Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar haqida ko'proq ma'lumot taqdim etib borish.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi O‘zbekistonda ilk bora o‘tkazilgan ''NASA International Space Apps Challenge 2022'' g‘olibi bo'ldi!

Joriy yilning 1-2-oktabr kunlari Toshkent shahrida ilk bora NASA tomonidan o'tkazilgan hakaton g‘oliblari aniqlandi.

❗️Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchisi Sobirova Kamolaxon faxrli 3-o‘rinni egalladi.

O'quvchimizni qo'lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi faoliyatida ham omad tilaymiz!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent Prezident maktabida mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina bilan uchrashuv tashkil etildi

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina maktab o‘quvchilari bilan yaqindan tanishdi. Sportga qiziqishi baland yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Aytib o‘tish joizki, Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni, Osiyo o‘yinlari va "Jahon yulduzlari" xalqaro musobaqasining sovrindoridir.

Ushbu tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avaz Karimov, Karate sport turi bo‘yicha terma jamoa treneri Burxon Rahmonov, hamda Karate sport turi bo‘yicha jahon chempioni Alisulton Xojiyevlar ham ishtirok etishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, bu kabi uchrashuvlar har oyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda vazirlar, hokimlar va yirik korxonalar rahbarlari ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Сambridge University Press” nashriyoti ishlab chiqqan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish maqsadida tanlov tashkil etilgan edi.

⚡️Bugun mazkur tanlov doirasida tarjimonlarni saralash jarayonlari bo'lib o'tdi.

Tarjima mahoratini aniqlash maqsadida nomzod tarjimonlarga tarjima qilish uchun “Cambridge University Press” nashriyotining o‘quv-metodik adabiyotlaridan namunalar taqdim etildi.

🔴Ayni damda saralash jarayoni davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Angliya

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv doirasida:

▶️2021-yilda tuzilgan Memorandum doirasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda
▶️o'qituvchilar malakasini oshirish borasida hamkorlikdagi dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, uchrashuv doirasida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari taqdimoti bo'lib o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Education_Trip
#Andijon_Prezident_maktabi

⚡️"Educational trip" loyihasi davom etadi!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Shahrixon tumanidagi "Hunarmadlar markazi" faoliyati bilan tanishishdi.

❗️O'quvchilarimiz Andijon do'ppisi hamda mashhur Shahrixon pichoqlarini tayyorlash jarayonini yaqindan kuzatishdi.

Loyiha doirasida "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi do'ppido'z hunarmand Yorqinoy To'ychiyeva xonadonida bo'lib o'tgan samimiy suhbat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda “Sport” telekanali bilan hamkorligidagi "Sport va taʼlim" dasturi yangi o‘quv yilidan davom etmoqda.

Ko‘rsatuvning bu galgi soni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida tasvirga olindi. Unda maktab faoliyati , taʼlim hamda sport jarayonlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

📌Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rsatuvda Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati doimiy ravishda yoritilib boriladi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube