Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.5K subscribers
18.9K photos
2.41K videos
71 files
6.96K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Yangi O‘zbekiston” universitetida tanishtiruv haftaligi boshlandi!

🏛 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bugun birinchi kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi.

✔️ Tanishtiruv haftaligida barcha talabalarga universitet faoliyati haqida umumiy ma'lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar kengashi a'zolari talabalar hokimiyati haqida yetarlicha ma’lumot berishdi.

🔁 English

#Tanishtiruv_haftaligi_2022 #Induction_week_2022

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Kitob_taqdimoti
#Prezident_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabida kitobxonlik tadbiri bo'lib o'tdi.

❗️Mazkur tadbir doirasida Zahiriddin Muhammad Boburning 5-6 sinf o'quvchilariga mo'ljallab 3 ta - o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan "Boburning hikoyasi" asarining taqdimoti tashkil etildi.

Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan tashkil etildi.

📌Taqdimot davomida o'quvchilar kitob bilan tanishib, mas'ullardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Nókis Prezident mektebi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Perzentim_Prezident_mektebi_oqıwshısı
#Farzandim_Prezident_maktabi_oʻquvchisi

-AQLÍǴÍMÍZ ALISHER JARÍSLARDA HÁMIYSHE BIRINSHI BOLÍP KELETUǴÍN BOLǴANLÍQTAN, PREZIDENT MEKTEBINE OQÍWǴA KIRIP BIZDI JÁNE QUWANÍSHQA BÓLEYTUǴÍNÍNA ISENER EDIK...

Nókis qalasındaǵı Prezident mektebine oqıwǵa qabıl etilgen Amaniyazov Alisherdiń atası hám kempir apası menen ótkerilgen sáwbetten videokórinis.
_____________

NABIRAM ALISHER MUSOBAQALARDA DOIM BIRINCHI BO'LIB KELGANLIGI SABAB PREZIDENT MAKTABIGA O'QISHGA KIRIB, OILAMIZGA YANADA QUVONCH OLIB KELISHIGA ISHONAR EDIK

Nukus shahridagi Prezident maktabiga qabul qilingan Amaniyazov Alisherning bobosi va buvisi bilan o'tkazilgan suhbat
...

Telegram |Instagram | Facebook | Youtube
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Azizbek Norov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamin_Creаtive

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida o'quv mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

❇️ Dastur va belgilangan rejaga muvofiq, aktyorlik mahorati, dizayn, raqamli media va etnodizayn darslarida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilariga malakali mutaxassislar, surdotarjimonlar ishtirokida saboq berilmoqda.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sayyor_qabul

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda taʼlim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillarining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

❗️
Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi ham ishtirok etdi. Agentlik rahbariyati va masʼullari ishtirok etgan ushbu qabulda fuqarolardan ixtisoslashtirilgan maktablar masalasida 11 ta murojaat bo‘ldi. Ushbu murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida hal qilinib, 3 nafar murojaatchiga tegishli tushuntirish berildi.

– Men Prezident maktabi imtihonlarining birinchi bosqichidan o‘tdim. Ikkinchi bosqichdan 0.1 ball bilan chiziqdan pastda turganimni ko‘rib, xafa bo‘ldim va bugun bu yerga keldim. Agentlik direktor o‘rinbosari men bilan savol-javob qildi va Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qishni davom ettirishim mumkinligini aytishdi. Men va onam bundan juda xursandmiz, – deydi Gulnoza Ro'zimbayeva.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISLOHOTLAR RAQAMLARDA

☑️ SHHTning Samarqand sammiti bo‘yicha 5 ta fakt


📝 1-fakt: Sammit qatnashchilari tarkibi va dasturi

📝 2-fakt: Qabul qilingan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar

📝 3-fakt: “ShHT oilasi”ning va hamkorlik ufqlarining kengayishi

📝 4-fakt: ShHT sammitidagi O‘zbekiston tashabbuslari

📝 5-fakt: Sammit ishining xalqaro media-makonda yoritilishi

📹 Batafsil: videolavhada
#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Shuningdek, elchi Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan tanishtirildi.
O'zaro uchrashuv davomida Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan ma'lumot berildi.

👉
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube