Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.3K subscribers
17.7K photos
2.28K videos
70 files
6.58K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Test_jarayonlari

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun barcha hududlarda test sinovlarining ikkinchi kuni – unda fizika va kimyo fani o‘qituvchilari qatnashmoqda.

🖥Test jarayonlari kompyuter orqali bo‘lib, javoblar shu vaqtning o‘zida ekranda namoyish etiladi.

📌Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18-iyunga qadar davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangilik

PREZIDENT UNIVERSITETIDA SAMSUNG ELECTRONICS VA HYUNDAI MOTORS BILAN HAMKORLIKDA QO'SHMA LABORATORIYA OCHILADI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetining yangi qurilayotgan o'quv binosida Janubiy Koreyaning Hyundai Motors va Samsung Electronics kompaniyalari bilan hamkorlikda qo'shma laboratoriya ochilishi kutilmoqda.

⚡️ Mazkur laboratoriya Janubiy Koreyadan keltirilgan eng ilg'or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Bu kabi laboratoriyalarni tashkil etish orqali O'zbekistonda sun'iy intellekt, elektromobillar, nano-materiallar, yarim-o'tkazgichlar kabi sohalarni rivojlantirish, shuningdek, Prezident universitetini ushbu sohalarda lokomotivga aylantirish ko'zda tutilgan.

📌 Aytish mumkinki, yaratilayotgan bu imkoniyatlar talabalarning jahon standartlariga mos ravishda amaliyotga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarning yoshi va maktabda o'qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari asosida tashkil etiladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o'quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o'rgatiladi?

Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.

📞Call-markaz: 1206
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Видеойўриқнома

📣📣PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA QABUL BOSHLANDI!

📹
Sizga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo'yicha bosqichma-bosqich video-qo'llanma taqdim etilmoqda.

☎️Shuningdek, qabul jarayonlariga oid savollaringiz yuzasidan call-markazning 1206 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Jonli_bayonot
#Qabul_2022

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati Prezident, ijod va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarga jonli efirda javob beradi!

👉 Soat 13:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.

📞Сall-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 15-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Test_jarayonlari

🔰Xabar berganimizdek, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun barcha hududlarda test sinovlarining to'rtinchi kuni – unda tarix, tarbiya, musiqa madaniyati, tasviriy san'at va chizmachilik fani o‘qituvchilari qatnashmoqda.

📌Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18-iyunga qadar davom etadi.
______
📷Fotolavhalarda Qarshi, Termiz va Namangan shaharlaridagi test jarayonlari.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
_____

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tadqiqot
#UNESCO

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha tadqiqot sinovlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadqiqotlar “O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

📍Unda Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident va ijod maktablarining trenerlikka salohiyati bor 64 nafar o'qituvchisi ishtirok etmoqda.

✔️Mazkur tadqiqot ishlari so'nggi 2 yilda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat sababli ta'lim va o'qitish tizimida ro'y bergan o'zgarishlar, pedagog-kadrlarning kasbiy rivojlanishdagi ehtiyojlari va muammolarni o'rganishga qaratilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi. Ushbu qoidaga muvofiq barcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadimi yoki qandaydir cheklovlar ham mavjudmi?

Ushbu imtiyoz Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tasdiqlangan Xalqaro olimpiadalar, Mintaqaviy olimpiadalar hamda asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarini egallagan 9-10-11-sinf o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Diqqat e'lon!

Bugun, 16-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universiteti vakillari ishtirokida onlayn video muloqot bo'lib o'tadi.

🔰 Siz:
universitet tuzilmasi, fakultet va yo'nalishlar;
qabul kvotalari;
imtihon jarayonlari;
grant ajratish tartibi;
universitet tuzilmasida amalga oshirilayotgan islohotlar
haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin;

📲 Video muloqot universitetning TELEGRAM tarmog'idagi sahifasida bo'lib o'tadi.

Vaqt: 16:00
👉 Ulanish uchun

—————————————————

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
#Jonli_bayonot
#Qabul_2022

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati Prezident, ijod va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarga jonli efirda javob beradi!

👉 Soat 13:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.

📞Сall-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 16-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube