Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• anketa (ma’lumotnoma) shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

❗️Shuningdek, agar mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat (uchinchi) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsalar, bu haqda o'z arizalarida ko'rsatishlari lozim.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022

📹 Sizga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo'yicha video-qo'llanma taqdim etilmoqda.
——
📹
For your convenience, we provide a step-by-step video guide on applying online to Presidential schools.
_______
❗️Shuningdek, qabul yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida сall-markaz faoliyati ham yo'lga qo'yilgan.

📞
Call-markaz raqami: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlab “Buyuk yurtga endi daholar kerak” nomli adabiy anjuman bo'lib o'tdi.

❗️Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Botirjon Ergashev, O'zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G'afurov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, huquqshunos olim Akmal Saidov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli adib Xurshid Do'stmuhammad, O'zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron so'zga chiqib, shoirni iliq so'zlar bilan xotirladi.

📍Adabiy anjumanda Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

✔️Shuningdek, anjuman doirasida adabiy tur tashkil etilib, qatnashchilar Erkin Vohidov uy-muzeyi, O'zbekiston Milliy universitetidagi muzey hamda Adiblar xiyobonida bo'lishdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_OAV

"PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING YO'NALISHI, TEZKORLIGI VA FAOLIYATIDAGI PRAGMATIZM KISHINI ILHOMLANTIRADI"

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlik aloqalari haqida maqola va video e'lon qilindi.

✔️Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment tashkiloti Bosh direktori Peter Phlipps tomonidan imzolangan hamkorlik shartnomasi haqida ham ma'lumot berilgan.

🔸Hilola Umarova: "Cambridge Assessment International Education tashkiloti eng ishonchli hamkorlarimizdan biridir. Umid qilamanki, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari uzoq yillar davom etib, ko'plab yutuqlarga erishamiz".

🔸Peter Phlipss: "Agentlik ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, o'qituvchilar malakasini oshirish, o'quv dasturlari va imtihonlarni o'tkazish kabi sohalarda doimiy yangiliklar qilmoqda va biz O'zbekiston bilan hamkorligimiz yangi bosqichga ko'tarilganidan xursandmiz"
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022

📣📣📣 DIQQAT, E'LON!!!

HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!

Respublikamizdagi barcha PREZIDENT MAKTABLARIga qabul jarayonlari 2022- yilning 1-iyun sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Hujjatlar topshirish 1-iyun sanasidan ariza.piima.uz orqali faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi va 20-iyunga qadar davom etadi.
____

⚡️Shuningdek, qabul yuzasidan kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida сall-markaz faoliyati ham yo'lga qo'yilgan.

📞
Call-markaz raqami: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети

🔰 Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Times Higher Education reyting agentligi bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

– Taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn "blended learning", "flipped classroom" texnologiyalarini amalga joriy etish kerak. "Elektron universitet" platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish birinchi navbatdagi ahamiyat kasb etadi.

✏️Seminar davomida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ko‘rgazmalari hamtashkil etildi.

Seminar gibrid shaklida bo‘lib o’tib, unda oliy taʼlim muassasalarining reytinglar bilan ishlashga masʼullari ishtirok etishdi.

📌Maʼlumot o‘rnida, mazkur seminarlar Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universitetida bo‘lib o‘tdi.
#Infografika

Prezident ta'lim muassasalari agentligining OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan 2022-yilning may oyi davomida taqdim etilgan axborot.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Видеойўриқнома

📣📣PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA QABUL BOSHLANDI!

📹
Sizga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo'yicha bosqichma-bosqich video-qo'llanma taqdim etilmoqda.

☎️Shuningdek, qabul jarayonlariga oid savollaringiz yuzasidan call-markazning 1206 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Ijod_maktablari

📣📣DIQQAT EʼLON!

IJOD MAKTABLARI O'QUVCHILARI O'Z BILIMINI IQ TEST ORQALI SINAB KO'RISHLARI MUMKIN!

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5188-son qaroriga muvofiq endilikda ijod maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish maqsadida, saralash tanlovida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun IQ (mantiqiy fikrlash) test o‘tkaziladi!

❗️Davlat test markazi rasmiy saytida ijod maktablariga imtihon topshiruvchi o‘quvchilar uchun o‘zbek va qoraqalpoq tillarida namunaviy IQ test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, ular orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

👉Namunaviy testlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin - https://dtm.uz/page/namuna_i

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ижод мактаби: иқтидор эгалари жам бўлган маскан
#1june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv