Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bitiruvchi_2022
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

✔️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Oq yo'l bitiruvchi” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo'shiqlarga boy bo'ldi.

✔️
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham so'nggi qo'ng'iroq tadbiri ko'tarinki ruhda o'tdi. Tadbir so'ngida maktabni a'lo baholarga tamomlagan o'quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

✔️
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Vatanga xizmat-oliy saodat” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning ota-onalari hamda viloyat hokimligi vakillari ishtirok etishdi.

✔️Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ustozim sizga ta'zim!" nomli so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• anketa (ma’lumotnoma) shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

❗️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsalar, bu haqda o'z arizalarida ko'rsatishlari lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Qabul_2022
#Trening

🔴Qabul jarayonlariga bag'ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o'quv yiliga o'quvchilar qabuliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan Agentlik mas'ul xodimlari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

❗️Treninglar doirasida qabul jarayonini sifatli tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi operatorlar uchun amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

📍Mazkur treninglar hozirga qadar Agentlik tizimidagi barcha maktablarda bo'lib o'tdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 9-va11-sinf bitiruvchi o’quvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyalari bo'lib o'tmoqda.

Jarayonlar boshlanishidan oldin mas'ullar tomonidan o'quvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
______
📷Fotosuratlarda Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablari.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Ijod maktablariga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan 20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabi:
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi,
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi,
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi,
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7- sinfga qabul bo'lib o'tadi.

👉
Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Ijod_maktablari

⚡️Prezident ta'lim muassalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi joriy etildi.

Dasturning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, sifatli ta'lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, o‘quvchilarni hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografiya hamda folklor bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

📍Dastur doirasida, jumladan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida, Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lishdi.

📌Ikki tomonlama almashinuv dasturi ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi va o'quvchilarda alohida taassurot qoldirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube