Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.5K subscribers
18.6K photos
2.38K videos
70 files
6.84K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bitiruvchi_2022

🔴Bugun Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham so'nggi qo'ngiroq jaranglamoqda.

"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari Davlatimiz Rahbarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘quvchilarga yetkazish bilan boshlandi.

✔️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan so'nggi qo'ng'iroq tadbiri badiiy chiqishlarga boy holda o'tdi. Tadbir so'nggida o'quvchilarning ota-onalari so'zga chiqib, barcha bitiruvchilani samimiy tabriklashdi.

✔️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham bugun so'nggi qo'ng'iroq jarangladi. Tadbirda bitiruvchilarga iliq tilaklar bildirildi hamda iqtidorli o'quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

✔️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan so'nggi qo'ng'iroq tadbirida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ham ishtirok etdi. Unda 10-sinf o‘quvchisi Visola Tursunovaning “Kapalakka maktub” to‘plami taqdimoti o'tkazilib, Visola hokimning 10 000 000 so'mlik gonorarini qo'lga kiritdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Мактабларда «Сўнгги қўнғироқ» тадбирлари
#25may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Agentlik delegatsiyasi Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan dunyoning 170 ga yaqin davlatida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlar, xususan A/AS-level, IGCSE imtihonlarining:

✔️tashkil etilish jarayonlari
✔️imtihon materiallarining qanday chop etilishi, saqlanishi
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga qanday yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Cambridge Assessment International Education imtihonlarini o'tkazuvchi xalqaro markaz sifatida tan olingan.
So'nggi qo'ngiroq jaranglari davom etmoqda

✔️Muhammad Yusuf ijod maktabining so'nggi qo'ng'iroq tadbirida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari va ota-onalar ishtirok etishdi. Ma'lumot uchun, ijod maktabini bu yil 20 nafar bitiruvchilar tamomlamoqda.

✔️Is'hoqxon Ibrat ijod maktabida bo'lib o'tgan tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazaqov ishtirok etib, barcha bitiruvchilarga viloyat hokimining maxsus sovg'asi topshirildi.

✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Agentlik direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev ishtirok etdi va barcha bitiruvchilarga kelgusida o'qishlariga zafarlar tiladi.

✔️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Vatanga sadoqat – oliy maqsadim” shiori ostida So‘nggi qo‘ng‘iroq hamda ijod maktabi tashkil etilganligining 5 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✔️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Yangi avlod" jadidlari shiori ostida so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi.
#Bitiruvchi_2022
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

✔️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Oq yo'l bitiruvchi” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo'shiqlarga boy bo'ldi.

✔️
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham so'nggi qo'ng'iroq tadbiri ko'tarinki ruhda o'tdi. Tadbir so'ngida maktabni a'lo baholarga tamomlagan o'quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

✔️
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Vatanga xizmat-oliy saodat” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning ota-onalari hamda viloyat hokimligi vakillari ishtirok etishdi.

✔️Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ustozim sizga ta'zim!" nomli so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube