Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.5K subscribers
18K photos
2.32K videos
70 files
6.67K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Халқаро_таълим_форуми
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Cambridge University Press&Assessment tashkiloti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Bugun Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolashdi.

⚡️Mazkur xalqaro shartnoma doirasida:
✔️qabul imtihonlari,
✔️xalqaro imtihonlar,
✔️ta'lim dasturlari,
✔️darsliklar ishlab chiqish kabi sohalarda hamkorlik qilish
ko'zda tutilgan.

📌Ma'lumot uchun, Cambridge university Press&Assessment tashkiloti dunyoning yetakchi tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tashkilot ilmiy nashrlarni chop etish hamda baholash bilan shug'ullanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY-METODIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Unda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun biologiya, kimyo fanlaridan, ijod maktablari uchun esa ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan ta'lim dasturlari muhokama etildi.

Ilmiy-metodik kengash yig’ilishi qizg’in savol-javoblar hamda muhokamalarga boy holda kechdi.

✔️Kengash so‘ngida muhokama etilgan ta'lim dasturlari olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat bo‘lgan kengash a'zolari tomonidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazishga tavsiya etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Open_doors_day

Dear applicants!

We are extending the time of OPEN DOORS DAY 🎊

YOU have a chance to visit NUU campus 🏢 every
📆 FRIDAY at 1:00 p.m. - 6:00 p.m and
📆 SATURDAY at 10:00 a.m. - 2:00 p.m

to get acquainted with the university life and the teaching process as well as get answers to all of your questions.

☎️ +998712024111
Telegram bot: https://t.iss.one/NewUzbekistanUniversitybot

⬇️ Follow us on social media
Veb-sayt | Instagram | Facebook
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Vatanparvarlik_va_jasorat_burchagi

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ''Vatanparvarlik va jasorat burchaklari''ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

✔️ Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev va Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'mondoni polkovnik Jur'at Yakubov ishtirok etishdi.

❗️Tadbir ''Vatanni himoya qilish sharafli, olijanob va mas'uliyatli burch'' hamda ''Tinchligingga jonim fido – muqaddas Vatan'' shiorlari ostida o'tdi.

🎗 Tadbir badiiy chiqish hamda kuy-qo'shiqlarga boy o'tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#3_kun

London shahrida 110 dan ortiq mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston vakillari ishtirok etayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Thomas Gainsborough school maktabida bo'lishdi.

Uchrashuvlar doirasida almashinuv dasturlari, xususan, o'qituvchilar malakasini oshirish va o'quvchilar almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, Thomas Gainsborough school maktabi 1973-yilda tashkil etilgan iqtidorli yoshlar davlat maktabi bo'lib, Buyuk Britaniyadagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление всем выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Some of our applicants are facing various difficulties in uploading their documents to the system.

📹 In order to prevent these difficulties and make the application process easier, we have prepared a VIDEO GUIDE for YOU.

We hope that with the help of this video, you will be able to upload your documents quickly and easily 🤗

The best of luck to all our applicants!🎉
_______________

💻 Yangi O'zbekiston universitetiga hujjat topshirayotgan ba'zi abituriyentlarimiz hujjatlarni tizimga yuklash jarayonida turli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

📹 Abituriyetlarga qulaylik yaratish va bu qiyinchiliklarning oldini olish maqsadida tizimdan foydalanish tartibi ko'rsatilgan VIDEO QO'LLANMA tayyorladik.

O'ylaymizki, ushbu qo'llanma yordamida hujjatlaringizni tez va osonlik bilan topshira olasiz🤗

Barcha abituriyentlarimizga omad tilaymiz!🎉
#Bitiruvchi_2022

🔴Bugun Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham so'nggi qo'ngiroq jaranglamoqda.

"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari Davlatimiz Rahbarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘quvchilarga yetkazish bilan boshlandi.

✔️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan so'nggi qo'ng'iroq tadbiri badiiy chiqishlarga boy holda o'tdi. Tadbir so'nggida o'quvchilarning ota-onalari so'zga chiqib, barcha bitiruvchilani samimiy tabriklashdi.

✔️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham bugun so'nggi qo'ng'iroq jarangladi. Tadbirda bitiruvchilarga iliq tilaklar bildirildi hamda iqtidorli o'quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

✔️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan so'nggi qo'ng'iroq tadbirida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ham ishtirok etdi. Unda 10-sinf o‘quvchisi Visola Tursunovaning “Kapalakka maktub” to‘plami taqdimoti o'tkazilib, Visola hokimning 10 000 000 so'mlik gonorarini qo'lga kiritdi.