Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.7K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.54K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Infografika
#Press

Prezident ta'lim muassasalari agentligi OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan 2022- yilning mart oyi davomida taqdim etilgan axborot.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰SEVARA UMAROVA GONKONGDA O‘QISH IMKONIYATINI QO‘LGA KIRITDI

⚡️ Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi xalqaro UWC dasturida g‘olib deb topildi.

⚡️10- sinf o‘quvchisi Sevara Umarova ushbu dasturda qatnashdi va Gonkongning Li Po Chun nomli xalqaro maktabida o‘qish uchun 90,000$ miqdorida grant yutib oldi.

✔️ Maʼlumot uchun, UWC dasturiga dunyoning turli burchaklaridan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi. Hamda ularning o‘qishlari uchun tashkilot tomonidan turli miqdordagi grantlar ajratiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰AMALIYOTGA YANGICHA YONDASHUV

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning dars jarayonlari amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.

💹 Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari biologiya fanida "Yurak va uning tuzilishi" mavzusi amaliy mashg‘ulot tarzida bo‘ldi. Dars xorijlik mutaxassis Mr. Prudense va mahalliy o‘qituvchi S. Bozorov tomonidan o‘tkazildi.

📚 Mashg‘ulotlarda odam yuragiga o‘xshash bo‘lgani uchun qo‘yning yuragidan tajriba uchun foydalanildi. Bu kabi tajribalarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni amaliy tajriba va bilimlarini mustahkamlashdir.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰 Prezident maktabi o‘quvchilari hayoti bilan yaqindan tanishmoqchimisiz?

⚡️Unda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan tengdoshlari uchun yo‘lga qo‘yilgan yangi loyihani tomosha
qiling.

Prezident maktabiga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechgani, maktabga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng birinchi taassurotlari va ayni vaqtdagi maktab hayoti haqida tengdoshlaringizni o‘zidan tinglashni istasangiz, quyidagi
havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov

“DIPLOMACY EDUCATION” TANLOVI G‘OLIBLARI E’LON QILINDI!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan "Diplomacy Education" tanlovining natijalari e'lon qilindi!

❗️Unga ko'ra, Agentlik tizimidagi maktablarning 10 nafar o'quvchisi Italiyaga borish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

G'oliblarni e'lon qilish marosimi gibrid shaklda o'tkazilib, unda Agentlik rahbari Hilola Umarova, O'zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, "Global Action" tashkiloti rahbari Pierfrancesco Torrisi va g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar ishtirok etishdi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Наврўз
#New_Uzbekistan_university

⚡️ Bugun, 1-aprel kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Assalom, Navro‘z” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Sharqona yangi yil - Navro'z ayyomi bir qancha mamlakatlarda nishonlanadi va u har bir millatning o'ziga xosligini tarannum etadi. Navro'z ayyomi - yangilanish fasli barchangizga muborak bo'lsin!

🔸
Tadbir doirasida O'zbekistonning turli hududlari urf-odatlari hamda milliy taomlarini namoyish etuvchi ko'rgazma tashkil etildi.

✔️Talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

🍃🌺🍃 #Bayram_shukuhi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube