Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.6K subscribers
20.2K photos
2.59K videos
72 files
7.41K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#sport_maktabi

⚡️YOSH GIMNASTIKACHILARIMIZ ILK SPORT RAZRYADLARIGA EGA BOʻLDI

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi yil karnavali” festivali tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi vakillari, taniqli sport namoyandalari, Respublikamizdagi bolalar sport maktablarining 300 dan ortiq sportchi o‘quvchilari tadbir mehmoni boʻldi.

Festival doirasida sport va badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, unda jami 230 nafar yosh sportchi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakuniy natijasiga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari ilk sport razryadiga ega boʻlishgan boʻlsa, yuqori sinf oʻquvchilari navbatdagi razryadlarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, g‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Festivalda badiiy va sport gimnastikasi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, Yangi yil bayram dasturi namoyish etildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabda 1-8-sinflar kesimida 139 nafar o‘quvchi badiiy hamda sport gimnastikasi bo‘yicha mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim olmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari sportning gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati va O‘zbekiston kubogi musobaqalarida ishtirok etib, jami 10 ta medallarni qo‘lga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

Joriy yilning 15–20-dekabr kunlari Bo‘stonliq tumanida boks bo‘yicha 2011-2012-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar hamda 2009-2010-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi” munosabati bilan Respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.


Unda Qozogiston Respublikasi va hududlardan kelgan sportchilar bilan bir qatorda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quvchi-sportchilari ham ishtirok etdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, boks maktabi jamoasi 13 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktablari

🥊 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o’tkazilayotgan mashg'ulot jarayonlaridan lavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

🤩 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o’tkazilayotgan mashg'ulot jarayonlaridan lavhalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

🤩 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashgan sport maktabida xoreografiya fanidan imtihon boʻlib oʻtdi.

▶️ Videolavhada imtihon jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

🤩 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o'quvchilari sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston chempionatida 1- va 2-o‘rinlarni qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktabi

GRUZIYA
SPORT VAZIRI BOKS MAKTABIMIZDA

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Gruziya Sport vaziri Shalva Gogoladze tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Shalva Gogoladze sport maktabimiz faoliyati, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, yosh bokschilarimiz salohiyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, Gruziya Sport vaziriga mamlakatimizda sport sohasida erishilgan yutuqlar hamda Prezidentimiz tomonidan sportchi va murabbiylar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Oʻz navbatida, Gruziya Sport vaziri Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sport_maktablari

Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi

Bugun, 8-mart kuni Ozarboyjonda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining final bahslarida 49 yoshli Oksana Chusovitina shohsupaga ko‘tarildi. Sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi sanalmish afsonaviy sportchimizning bu g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.

👉 https://kun.uz/kr/97412573

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktabi

Joriy yilning 6-11-mart kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida boks boʻyicha 2009-2010, 2011-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi.

Unda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimiz oʻquvchilari ham ishtirok etdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, sportchi-oʻquvchilarimiz 18 ta oltin, 12 ta kumush, 17 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobiga 1-o‘rinni egalladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktabi

🤩 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sport gimnastikasi boʻyicha “Navroʻz-2025” ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM