Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.4K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#qabul_2023
#matbuot_anjumani

⚡️Bugun, 9-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shakirova, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Inom Xujamov hamda yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Mazkur matbuot anjumanida:
🔹 Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2023-2024-o'quv yiliga hujjatlar qabuli;
🔹 Yangi o'quv yiliga tayyorgarliklar;
🔹 Talabgorlarning hujjatlaridagi o'zgarishlar;
🔹 Call-markaz faoliyati;
🔹 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish kabi savollarga batafsil javob berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

📣 24-iyul AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Matbuot anjumani

🔹 Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy oʼquv yilida qabul va imtihon jarayonlari
🔹Vaqti: 12:00
🔹Ishtirok etadi: Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutasaddilari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir
#matbuot_anjumani
#imtihon_2023

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy oʼquv yilida qabul va imtihon jarayonlari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mas'ul xodimlari ishtirok etayotgan MATBUOT ANJUMANini quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

▶️ JONLI EFIR

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir
#matbuot_anjumani

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: "Yangi O‘zbekiston" universitetiga qabul jarayonlari, arizalar qabuli, talablar va imtihonlar.

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning yanvar oyidan boshlanib, iyul oyiga qadar davom etishi belgilandi


Bu haqda AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi:

Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi minimum natijalarga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

O‘qishga arizalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kibr xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichiga qabul qilinadi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida tashkil etilgan maktab o‘quvchilarining darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar va mahalla faollari hamkorligi masalalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

📶 Jonli efir

Matbuot anjumanini shuningdek “O’zbekiston 24” va “Uzreport” telekanallari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#qabul_2024

⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi.

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi.

📆 Sana: 30-may
⌛️ Soat: 15:00
🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#Qabul_2024

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#qabul_2024

⚡️AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan
matbuot anjumanida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli bilan bog‘liq jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

❗️Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda hamda hududlardagi barcha Prezident maktablarida har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan Murojaatlar markazi (call-center) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolar murojaatlar markazi bilan 1206 qisqa raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.


Shuningdek, maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-iyun kunlarida hamda kirish imtihonlari iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 400 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi (aniq fanlar yo‘nalishi)ga va 7-sinfi (tabiiy fanlar yo‘nalishi)ga 7 960 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

Tizimdagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy ariza.piima.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorlar faqat ta’lim olayotgan maktabining hududida, ya’ni viloyatida joylashgan Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin (tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar bundan mustasno).

Hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi.

✍️ Batafsil


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Matbuot_anjumani

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boshlandi.

👉 Tadbirni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM