Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.3K subscribers
17.7K photos
2.28K videos
70 files
6.58K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Tashrif

Bugun, 10-yanvar kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustambayev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

⚡️ Uchrashuv davomida, Agentlik tizimidagi maktablarni fransuz adabiyoti bilan ta'minlash, ijod maktablarida fransuz tilini ikkinchi til sifatida o'qitish, shuningdek, fransuz o'qituvchilarini Agentlik tasarrufidagi maktablarga jalb qilish masalalari ko'rib chiqildi.

📌 Tashrif so'nggida, istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Samarqand_Prezident_maktabi

Samarqand Prezident maktabining 10 - sinf o'quvchisi Kazakov Hasan, mavsumiy ishchi Kazakov Rustam aka va bog'cha tarbiyachisi Kazakova Lutfiya opa oilasida 4 nafar farzandning uchinchisi.

🔸 O'g'lim Prezident maktabiga kirmoqchiman, omadimni sinab ko'ray deb aytganida uncha ishonmagandik. Haqiqat bor ekan. Haligacha uning bu maktabda o'qiyotganiga ishonolmaymiz- deydi Rustam aka

🔸 Birinchi bosqichda 100 ball to'plab, faxrli o'rinni oldi. O'g'limning erishgan bu yutug'i bilan judayam faxrlanaman, - deydi onasi Lutfiya opa.

____

Hasan Kazakov is a 10th grade pupil at the Presidential School in Samarkand. He is the 3rd children in the family of a seasonal worker Rustam Kazakov and kindergarten teacher Lutfiya Kazakova.
#PEIMUN_2022

🚫Karantin cheklovlari tufayli Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli tadbirlari noma'lum muddatga kechiktirildi.

Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun rasmiy kanallarimizni kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Digital Generation Nodavlat ta'lim muassasasi mentori Otabek Abbosov ayni damda Hindistonda malaka oshirmoqda.

Ma'lumki, hind kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmlar o'zining jozibasi, takrorlanmas kadrlari bilan kishi yodida qoladi. UIkan kino sanoatiga ega bo'lgan ushbu maskanda tajriba orttirish bu katta imkoniyat.

Jarayonlar haqida batafsil Otabekning videomurojaati orqali ham bilib olishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Faxrimiz
#Prezident_maktablari

RUXSHONA LONDONGA SAYOHAT QILADI!

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi "Linguist" olimpiadasi g'olibi bo'ldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Ruxshona Aminboyeva Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan "Linguist" olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni 🥇qo'lga kiritdi.

✔️Ruxshona esdalik sovgʻalari bilan bir qatorda Londonga sayohat qilish imkoniyatini ham qo'lga kiritdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Fakt
#A_Level_imtihoni
#Inson_qadri_uchun

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IT_oromgoh
#Raqamli_avlod

🏢 Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida bo'lib o'tgan IT-Oromgoh doirasida Respublikadagi eshitishi zaif bolalar maktab-internati o'qituvchilarini xorij tajribasi bilan tanishtirish maqsadida trening darslari tashkil etildi.

🔹Darslar Nurafshon Prezident maktabi Matematika va Robototexnika fani o'qituvchisi eronlik Mehrdad Yamani tomonidan olib borildi.

📌 Trening davomida o'qituvchilarga dars jarayonlarida Robototexnika sohasini o'rgatishning dastlabki bosqich va usullari, mexanika, elektronika va dasturlash orqali 3D modellarni yasash va harakatlantirish borasida ko'nikmalar berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | 4 та Президент мактаби A-level имтиҳонларини ўтказиш маркази сифатида тан олинди
#13jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 30 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 30-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Bayramingiz muborak bo'lsin, Vatan himoyachilari!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi
Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini saqlash yo'lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligida O'zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova tashkilot faoliyati va Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari haqida ma'lumot berdi.

✔️Uchrashuvda Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro forumi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut va Nottingham Trent universitetlari bilan imzolangan memorandumlar doirasida:

▶️ o'quvchilar almashinuvi;
▶️ o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari;
▶️ Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bilan birgalikda qo'shma tadqiqotlar olib borish kabi masalalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.
__
A meeting with the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of Uzbekistan to the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland Said Rustamov was held in the Agency.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#A_Level_sertifikati
#Inson_qadri_uchun

"O'zbekiston 24" telekanalining "News 24" dasturida A-Level sertifikati haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Nukus_Prezident_maktabi

AZIZBEK LONDONDAGI BRUNEL UNIVERSITETINING IKKITA FAKULTETIGA O'QISHGA QABUL QILINDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Azizbek Kurbanbaev Londondagi Brunel universitetiga va AQSHning Pensilvaniya shtatida joylashgan Templ universitetiga o'qishga qabul qilindi!

⚡️O'quvchimiz Brunel universitetining birdaniga 2ta fakultetiga - xalqaro biznes hamda ishbilarmonlik va innovatsiya fakultetlariga o'qishga kirgan.

Azizbek bungacha Shanghaydagi Nyu York universitetidan ham ijobiy javob olgan edi.

✔️Ma'lumot o'rnida, AQSHdagi Templ va Londondagi Brunel universitetlari Times Higher Education tashkiloti tomonidan dunyoning TOP 500 talik universitetlari ro'yxatiga kiritilgan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Brifing

🔰Brifing

Mavzu: Prezident ta'lim muassasalari tizimida amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklar
Vaqti: 16:00
Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Prezident ta'lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari

👉 Brifingni jonli efirda kuzating.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент таълим муассасалари агентлиги брифинги
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv