Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Bugun “Raqamli avlod-2022” IT oromgohimizda olib borilayotgan darslar haqida batafsilroq ma’lumot berishga harakat qildik.

Python darslarimiz pog’onama-pog’ona murakkablashib bormoqda. Endilikda qatnashchilar 2D formatdagi o’yinlarni yaratishmoqda.

Robototexnika darslarida bugungi mavzu: Bluetooth orqali robot mashinani boshqarish.

2D dizayn darslarimizda o’quvchilar SketchBook’ dasturida uy illustratsiyasini tayyorlashmoqda.

Django frameworkida ayni damda ishtirokchilar mamlakatimizdagi mashhur tijoriy saytlardan birining klounini yasash orqali o’z bilimlarini mustahkamlashmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xushxabar

⚡️Yangi 2022-yil Agentligimiz faoliyati bilan bog'liq xushxabar bilan boshlandi!

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligining Facebook va Instagramdagi sahifalari rasmiy (verifikatsiya) maqomga ega bo'ldi.

❗️Endilikda mazkur belgi orqali Agentlikning rasmiy sahifalarini soxta sahifalardan osongina ajratib olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🗣Ochiq muloqot - Muzaffar Djalolov, Bobir Abdullaev | Online Digital Camp "Raqamli Avlod 2022”

Bugun oromgohimiz ishtirokchilari uchun oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida ochiq suhbat tashkil etiladi.

Unda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalolov hamda Amity universiteti rektori Bobir Abdullaev qatnashadilar.

Unda barcha qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishlari mumkin.

🗓Qachon?
7-yanvar, 17:00
Jonli efir: https://youtu.be/xIx4f5CgeS0
___________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_nima_deydi
#Raqamli_avlod_oromgohi

IT oromgohda darslar davom etmoqda.

🔸Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchilar maktab-internatining 9-sinf o'quvchisi Javohir Sultanbekov IT oromgoh va undagi mashg'ulotlar borasida o'z taasurotlari bilan bo'lishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_nima_deydi
#Raqamli_avlod_oromgohi

IT oromgohda ishtirok etayotgan ishtirokchilar bilan suhbatimizni davom ettiramiz.

🔸Navbatdagi suhbatdoshimiz Navoiy viloyatidagi 25-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati informatika fani o'qituvchisi Sojida Axmedova. U o'z yo'nalishida innovatsion texnologiyalarning qanday yasalishi va tadbiq etilishi borasida olgan amaliy tajribalari haqida gapirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚨Efirda yangiliklar

“Raqamli avlod” axborot-informatsion dasturi.

www.digitalgeneration.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting va @dgreg_bot telegram bot orqali o’z login va parolingizni bilib oling

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент таълим муассасалари агентлиги ва “Замин” халқаро жамоат фонди ҳамкорлигида Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги ахборот технологиялари мактабида “Рақамли авлод IT оромгоҳи” ташкил этилди.

@yangidavr_rasmiy
Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida bo'lib o'tayotgan IT-Oromgoh doirasida Respublikadagi eshitishi zaif bolalar maktab-internati o'qituvchilari uchun xorijlik o'qituvchilar tomonidan treninglar tashkil etildi.

🔹 Trening avvalida, psixolog tomonidan maktab-internat o'qituvchilari uchun imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ishlash va samarali muloqot olib borish, ularga IT va Robototexnika sohalarini o'rgatishning o'ziga xos usullarini amaliyotda qo'llash bo'yicha tushunchalar berildi.

🔖 Shundan so'ng, o'qituvchilarni xorijiy tajriba bilan tanishtirish maqsadida Nurafshon Prezident maktabi Matematika va Robototexnika fani o'qituvchisi eronlik Mehrdad Yamani tomonidan dars jarayonlarida Robototexnika sohasini o'rgatishning dastlabki bosqich va usullari, mexanika, elektronika va dasturlash orqali 3D modellarni yasash va harakatlantirish borasida dars o'tildi.

📌 Treningdan ko'zlangan maqsad, imkoniyati cheklangan yoshlarga cheklanmagan imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat.
#Raqamli_avlod_oromgohi
#Taqdirlash_marosimi

✔️Bugun, 8-yanvar kuni "Raqamli avlod IT oromgohi" doirasida ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, barcha qatnashchilarni samimiy tabrikladi:

- O'tgan 5 kun har biringiz uchun samarali bo'ldi, deb o’ylayman. Yangi do'stlar orttirdingiz, o'z sohangiz bo'yicha yangi narsalarni o'rgandingiz. IT va robotexnika kelajak kasblaridir. Umid qilamanki, bu borada o'rganganlaringiz siz uchun bundan keyingi faoliyatingizda albatta asqotadi.

🔸Tadbirda trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

⚡️ Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning raqamli tasviriy san'at va grafik dizayn bo‘yicha ishlanmalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📌Eslatib o'tamiz, “Raqamli avlod-2022” IT oromgohi yana 5 kun onlayn shaklda davom etadi.