Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#IT_Oromgoh

Respublikadagi Imkoniyati cheklangan maktab o'qituvchilariga Robototexnikadan malaka oshirish darslari o'tilmoqda.

Bugun IT oromgohda onlayn va offlayn darslarimizning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Onlayn darslar
davomida o'quvchilar:
⁃ Dasturlash asoslari(Python)
⁃ Frontend (Javascript, react)
⁃ Backend(Django)
⁃ . NET
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
;

Offlayn darslarda esa:
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
⁃ Robototexnika bo'yicha
⁃ Media
yo'nalishlari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar.

📌 Ma'lumot o'rnida, Grafik dizayn , Media hamda Robototexnika yo'nalishlari bo'yicha Mehribonlik uyi va 101, 102, 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o'quvchilariga ta'lim berilmoqda.

Oromgohda darslar davom etadi...
Kun mehmoni | Online Digital Camp "Raqamli Avlod 2022”

Bugun Durdona Bakhronova bilan ayollarning AKTdagi o'rni va imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.

Durdona “Womentechmakers Tashkent” yetakchisi, Google Developer Groups Tashkent a'zosi va Super Dispatch kompaniyasining dasturiy ta'minot muhandisi.

Biz bilan ajoyib jonli efirni o’tkazib yubormang👩🏻‍💻

🗓Qayerda?
20:00
Jonli efir: https://youtu.be/kI5KyqU_tI8
_____
Digital Generation Uzbekistan
Telegram |
Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Navoiy_Prezident_maktabi

"PREZIDENT MAKTABLARI TASHKIL ETILDI-YU, BILIMGA BO'LGAN QIZIQISH OSHIB KETDI..."

- Ota-onalarga maslahatim, farzandingizning qiziqishlarini e'zozlang, qo'llab-quvvatlang;

- Qani endi yosh bo'lib qolsamu, Prezident maktabida o'qisam -
deydi Qo'chqor aka.
_
- Shaxmatni yaxshi ko'rgani o'g'limning matematikaga qiziqishiga sabab bo'ldi;

- Oilaviy o'qituvchimiz, men o'z o'quvchilarimga motivatsiya beraman, intilinglar, sizlar ham albatta kirasizlar deyman
, - deydi onasi Fotima opa.

⚡️Qo'chqor Sherxolov va Fotima Nomerova - o'qituvchi. 6 farzandning ota-onasi Navoiy shahrida istiqomat qilishadi. Oilada kenja farzand bo'lgan Umidjon Husanov Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinfida tahsil oladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
A-level sertifikati nima?
- Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan A-level sertifikati xalqaro oliy standart sertifikati bo'lib, imtihonlarda A+(a+), A (a), B (b), C (c), D (d) yoki E (e) darajalarini olish mumkin.
A+(a+) - eng yuqori
E(e) - eng past ko'rsatgich hisoblanadi.

A-level sertifikati faqat Prezident maktabi ta'lim oluvchilari uchunmi?
- Yo'q, mazkur imtihonlarni barcha xohlovchilar topshirishlari mumkin.

Imtihonlar qayerda bo'lib o'tadi?
- 2021/2022-o'quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o'tkazadi. Imtihon savollari va sertifikat Cambridge Assessment International Education tomonidan taqdim qilinadi.

❗️2022/2023-o'quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni tashkil qilishi rejalashtirilgan.

✔️Ma’lumot o‘rnida, A Level sertifikati 1750dan ortiq xorijiy OTMlar tomonidan tan olingan.
#IT_Oromgoh

Xabar berganimizdek, ayni paytda IT Oromgohida Respublikamizdagi imkoniyati cheklangan maktab o'quvchilari uchun IT va Media yo'nalishlarida darslar olib borilmoqda.

Jumladan, Robototexnika darslari davomida ishtirokchilar o’zlari yasagan "smart car"larda o’zaro bellashdilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat

“PREZIDENT MAKTABLARI MAXSUS KANALI” nomi ostidagi telegram kanali orqali “23-24-yanvar kuni soat 09:00 dan 16:00 ga qadar PIIMA kanalida quyidagi fanlardan o‘qituvchilar uchun attestatsiyaga tayyorgarlik testlari o‘tkaziladi...” deya attestatsiya haqiqiy mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi va reytinglarga ega bo‘lish mumkinligi to‘g‘risida xabar tarqatilmoqda.

Bu kabi tayyorgarlik testlarining Prezident ta'lim muassasalari agentligiga hamda Agentlik huzuridagi Pedagogik baholash va xalqaro mahorat markaziga hech qanday aloqasi yo‘q.

Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi haqidagi barcha tasdiqlangan ma'lumotlar Prezident ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari
orqali berib boriladi: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yana shuni ham ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1033-moddasiga asosan mualliflik huquqi shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanishi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo‘lishi hamda mualliflik huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilmasligi va berilmasligi belgilangan.

Prezident maktablari logotipi, nomi hamda test materiallaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari kelgusida fuqarolik-huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi eslatib o‘tiladi.
Bugun 19:00 da kun sarhisobiga bag’ishlangan jonli efirni o’tkazib yubormang!

Darslarimizda ishtirok etish maroqlimi? Nimalarni o’rganyapsiz? Fikrlaringizni ushbu efirlarimizda bildiring.

Demak, bugun Youtube sahifamizda gaplashamiz!
Youtube
___________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Сўровнома #Survey

Ma'lumki, xorijiy OTMlarga kirishda A-level sertifikati talab etiladi. Endi mazkur imtihonlarni o'zimizda topshirish imkoniyati yaratildi - Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi O‘zbekistondagi rasmiy Markazga aylandi.

🔸A-level imtihonlari hamda mazkur imtihonning topshirish tartiblari yuzasidan so'rovnoma o'tkazmoqdamiz.

✔️ Sizning javobingiz biz uchun muhim! Faolroq bo'ling!

👉 https://forms.gle/aKkQjxfSDJdErXdt7

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Bugun “Raqamli avlod-2022” IT oromgohimizda olib borilayotgan darslar haqida batafsilroq ma’lumot berishga harakat qildik.

Python darslarimiz pog’onama-pog’ona murakkablashib bormoqda. Endilikda qatnashchilar 2D formatdagi o’yinlarni yaratishmoqda.

Robototexnika darslarida bugungi mavzu: Bluetooth orqali robot mashinani boshqarish.

2D dizayn darslarimizda o’quvchilar SketchBook’ dasturida uy illustratsiyasini tayyorlashmoqda.

Django frameworkida ayni damda ishtirokchilar mamlakatimizdagi mashhur tijoriy saytlardan birining klounini yasash orqali o’z bilimlarini mustahkamlashmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube