Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.8K subscribers
17.9K photos
2.31K videos
70 files
6.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Raqamli_avlod_oromgohi

“RAQAMLI AVLOD” IT OROMGOHIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod" IT oromgohi o'z faoliyatini boshladi.

✔️IT oromgohda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, eshitishda nuqsoni bor yoshlar, Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda IT va media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun onlayn va offlayn darslar olib borilmoqda.

⚡️Shuningdek, mazkur IT tadbiri doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarining informatika fani o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Ishtirokchilar darslar davomida Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, raqamli media va marketing, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o'z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lIshadi.

📌IT oromgohda ishtirok etish uchun 3000 dan ortiq yoshlar ro'yxatdan o'tgan va darslarni onlayn kuzatib borishmoqda. Oromgoh 8-yanvargacha davom etadi.
⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 2021-yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot jurnallari tayyorlandi:

▶️Agentlik tomonidan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" xalqaro ta'lim forumi haqida hisobot bukleti;

▶️Prezident ta'lim muassasalari agentligi haqida broshyura;

▶️O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari o‘quvchilari haqida tahliliy ma'lumot jurnali.

2021-yil yakunida nashr etilgan mazkur jurnallarning elektron shakli bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#IT_Oromgoh

Respublikadagi Imkoniyati cheklangan maktab o'qituvchilariga Robototexnikadan malaka oshirish darslari o'tilmoqda.

Bugun IT oromgohda onlayn va offlayn darslarimizning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Onlayn darslar
davomida o'quvchilar:
⁃ Dasturlash asoslari(Python)
⁃ Frontend (Javascript, react)
⁃ Backend(Django)
⁃ . NET
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
;

Offlayn darslarda esa:
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)
⁃ Robototexnika bo'yicha
⁃ Media
yo'nalishlari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar.

📌 Ma'lumot o'rnida, Grafik dizayn , Media hamda Robototexnika yo'nalishlari bo'yicha Mehribonlik uyi va 101, 102, 106-sonli zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlari o'quvchilariga ta'lim berilmoqda.

Oromgohda darslar davom etadi...