Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xushxabar
#Xalqaro_olimpiada

XALQARO OLIMPIADA: 3 NAFAR ISHTIROKCHI, 3 TA BRONZA MEDALI

Xabar berganimizdek, ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bo'lib o'tmoqda.

🏢 Mazkur olimpiadada ishtirok etgan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarining 3 nafari:

🔹 Ahror Bahodirov, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi - 🥉

🔸 Shaxzoda Xakimova, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi - 🥉

🔹 Sohibjon Dilmurodov, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi 🥉bronza medallari bilan taqdirlandilar.

📌 Ma'lumot o'rnida, bu yilgi olimpiada gibrid formatda o'tkazilayotgan bo'lib, har bir ishtirokchi davlatdan 1 nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a'zolari hamda 2 nafar jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etmoqda.
#Yoshlar_forumi

🔰 Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.

🔹 Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

📌 Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_forumi

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORI HILOLA UMAROVANING YOSHLAR FORUMIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN FIKRLARI

▶️ Inson faoliyati yo'nalishi istalgan vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunga men o'zim misol. Sizlarga ham ko'nglingiz buyurgan sohada bo'ling, deyman.

▶️ Qizlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki, qizlar bilimli bo‘lsa, ular kelajak avlodni ham bilimli qilib tarbiyalaydi.

▶️Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste’dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi.

🔰Taqdimot yakunida qizg'in fikr-mulohazalarga boy bo'lib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

👉Savollarga javoblarni saytimizda o'qing.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ta'lim - taraqqiyot poydevori"

❗️21-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova yoshlar bilan ushbu mavzuda ochiq muloqot o'tkazdi.

👩🏻‍🎓🧑🏻‍💻"Yoshlar forumi-2021" doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvdan lavhalar videorolikda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasinining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Prezident ta'lim muassasalari agentligiga tashrif buyurishdi.

📌 Tashrif avvalida,
Agentlik vakillari tomonidan mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab bo'ylab campus-tur tashkil etildi. Shundan so'ng Agentlik va Agentlik tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 10-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda bir qator vazifalar, jumladan, xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo‘yilgan edi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube