Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.9K subscribers
18.4K photos
2.36K videos
70 files
6.81K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Seminar_trening

🔰 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan direktor o‘rinbosarlari, pedagoglar, Yoshlar yetakchilari va psixologlar uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Ushbu treninglar Agentlik direktori maslahatchisi E’zoza Karimova tomonidan olib borilmoqda.

📌 Jumladan, Samarqand, Andijon va Qarshi shaharlaridagi Prezident maktablarida tashkil etilgan seminarlarda Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari pedagog xodimlari ham ishtirok etdilar.

✏️ Seminar-treninglar doirasida:
oʼquvchilarning darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli va samarali oʼtkazishni ta’minlash;
o‘quvchilarda jamiyatda boʼlayotgan oʼzgarishlar va islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish;
ommaviy madaniyat taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini oshirish;
psixolog va tarbiyachilarning ish jarayonini tashkil qilish bo'yicha zaruriy bilim va ko'rsatmalar berildi.
#Xushxabar
#Faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabining 2 nafar bitiruvchi sinf o'quvchilari Amerika Qo'shma Shtatlarida joylashgan nufuzli universitetlarga talabalikka qabul qilindilar.

🏢 Jumladan, nufuzli Templ Universitetiga qabul qilingan 11-sinf o'quvchisi Janibek Aytbayev uchun universitet tomonidan $40.000 miqdorida grant ajratildi. Hofstra Universiteti talabasiga aylangan Nodira Kazakova esa ushbu universitetning $108 000 miqdoridagi Prezident stipendiyasiga sazovor bo'ldi.

📌Ma'lumot o'rnida, Templ Universiteti milliy universitetlar reytingida 103-o'rinda, Hofstra Universiteti esa 162-o'rinda turadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Муҳокама_йиғилиши

Joriy yilning 14-16 - dekabr kunlari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning STEAM fanlari o‘qituvchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishlari bo'lib o'tdi.

🔸Unda Agentlik tizimidagi maktablarda tashkil etiladigan olimpiada jarayonlari hamda o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga saralash va tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

✔️Muhokama yig'ilishlarida, shuningdek jahon kimyo va biologiya hamda xalqaro Mendeleev olimpiadalarida ko‘p yillardan beri ishtirok etib kelayotgan Toshkent Pediatriya instituti qoshidagi akademik litseyining o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Mahorat_darsi
#Ijod_maktablari

🔰 Turkiyaning Artvin Choruh universiteti professori Erhan Giray tomonidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

📆 Joriy yilning 16-dekabr kuni Turkiyaning Artvin Choruh universiteti professori Erhan Giray va Farg'ona Davlat Universitetining bir guruh professor o'qituvchilari ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

Tadbir avvalida o‘quvchilar tomonidan tashkillashtirilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Professor Erhan Giray o'quvchilarga turk xalqi madaniyati, tarixi, ilm – fani haqida ma’lumot berib o‘tdi.

✏️ Ma'lumot o'rnida, Erhan Giray - O‘zbek adabiyoti vakillari Abdulla Qahhor va Primqul Qodirovning turk tiliga tarjima qilgan. Tadbir so'nggida pedagog-kadrlar va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📌Uchrashuv yakunida maktab direktori tomonidan, Turkiyadagi yozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqot qilish taklifi bildirildi.
#Faxrimiz
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o’quvchilari nufuzli OTMlarga o’qishga kirishda davom etishmoqda!

🔸 Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Humoyunmirzo Baxodirov TOP 500 likka kiruvchi AQSHning Drexel Universitetiga qabul qilindi.

Ma’lumot o’rnida, Humoyunmirzoga Drexel universitetidan 187 000 dollar miqdorida grant taqdim etildi.
____
Bahodirov Humoyunmirzo, a senior pupil of the Presidential School in Namangan, has been admitted to the Drexel University with $187000 scholarship.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Model_UN

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o'quvchilar va talabalar uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli tashkil etilmoqda!

Mazkur modeldan ko'zlangan maqsad:
🔸 notiqlik mahoratini oshirish;
🔸muzokaralar olib borish, diplomatiya va xalqaro munosabatlarni amaliyot yordamida o'rganish;
🔸BMT faoliyati bilan yaqindan tanishishdan
iborat.

🇺🇳 Ma'lumot o'rnida, BMT modeli butun dunyo bo'ylab o'quvchilar va talabalar ishtirokida muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Unda BMT talqinidagi tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilar BMT Bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi a'zolari va xorijiy mamlakatlar vakillari rolida muhokamalarda ishtirok etishadi.

📆Tadbir 2022-yil 15-16-yanvar kunlari Buxoro shahrida bo'lib o'tadi.

❗️Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

👉Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/bExPqVzuUji42e459

Mazkur konferensiyada ishtirok etish barcha uchun ochiq bo'lib, arizalar joriy yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinadi.

❗️Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga ovqatlanish va turar-joy xarajatlari qoplab beriladi (Buxoroga borib-kelish xarajatlari bundan mustasno).

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Instagram | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Toshkent yoshlarni sevadi!" Yoshlar forumi doirasida vazirlik va idoralar rahbarlari, tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar, san’at, madaniyat va sport namoyondalari ishtirokida uchrushuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

❗️Ushbu tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ham ishtirok etib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob beradi.

Uchrashuv Congress Hall binosida 21-dekabr kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
"Yoshlar forumi 2021" tadbiri doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova ta'lim sohasiga befarq bo'lmagan yoshlar bilan uchrashib, "Ta'lim - taraqqiyot poydevori" mavzusida ma'ruza qiladi.

➡️Tadbir ishtirokchilari Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti bo'yicha amalga oshirilishi ko'zda tutilgan rejalar haqida ma'lumotga ega bo'lishlari hamda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishlari mumkin.

❗️Eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Tadbir joyi va vaqti: “Tashkent City Congress Hall”ning “Shosh” zali, 21-dekabr soat 10:00.

➡️ Forumda ishtirok etish uchun havola bo'yicha o'ting: toshkent21.uz
#Xushxabar
#Xalqaro_olimpiada

XALQARO OLIMPIADA: 3 NAFAR ISHTIROKCHI, 3 TA BRONZA MEDALI

Xabar berganimizdek, ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O’smirlar o’rtasida xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (18-IJSO) bo'lib o'tmoqda.

🏢 Mazkur olimpiadada ishtirok etgan Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilarining 3 nafari:

🔹 Ahror Bahodirov, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi - 🥉

🔸 Shaxzoda Xakimova, Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi - 🥉

🔹 Sohibjon Dilmurodov, Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi 🥉bronza medallari bilan taqdirlandilar.

📌 Ma'lumot o'rnida, bu yilgi olimpiada gibrid formatda o'tkazilayotgan bo'lib, har bir ishtirokchi davlatdan 1 nafar terma jamoa rahbari bevosita qatnashadi, terma jamoa a'zolari hamda 2 nafar jamoa rahbari esa onlayn shaklda ishtirok etmoqda.