Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum so'ngida seminar-treninglar o'tgan mahalliy va xorijiy ta'lim sohasi vakillariga sertifikatlar topshirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim forumi yakuni va “Yangi O’zbekiston” universitetining tantanali ochilish marosimiga bag’ishlangan madaniy tadbir bo’lib o’tmoqda.

👉Tadbirni jonli efirda kuzating.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun_yakuni

⚡️"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI VA FORUM YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI

🔸Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

📌Konsertda O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Интервью 24 | Фредерика Ҳеттингер - Мюнхен техника университети GmBH ташкилоти раҳбари /Германия/
#25nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Xalqaro ta'lim forumi doirasida Agentlik tizimidagi hamda umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi

“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi qanday o’tdi?

👩🏻‍🏫👨🏼‍🏫Xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan tashkil etilgan, “O'qituvchilar o'qituvchilar uchun” shiori ostida o'tgan ushbu mahorat darslari haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Jemal Yildiz,
Turkiya Milliy ta'lim vazirligi Oliy va xorijda ta'lim va xalqaro aloqalar bo’yicha bo’lim boshlig’i

🔸Forum doirasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladik. Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlik aloqalarimizni yanada kuchaytiradi, deb umid qilaman.

🔸Men Samarqanddagi Prezident maktabida bo'ldim, aytish mumkinki, maktab juda chiroyli loyihaga ega. O’quvchilar ham juda aqlli. Ularning ertaga O’zbekiston taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shishlariga ishonaman.

🔸Biz Turkiya tomoni sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan talabalar almashinuvi va boshqa bir qancha sohalarda hamkorlik qilish niyatidamiz.
#Uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Agentlik tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

🔰Uchrashuvlar davomida ijod maktabida amalga oshirilgan ishlar, xususan, yangi o'quv xonalari, maktab binosi maydonida barpo etilgan ijod maskani va rekonstruksiya qilingan O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov muzeyi bilan tanishdi.

🔸O'z faoliyatini boshlagan dramaturgiya, web-dizayn, musiqa, ijodkorlik, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to'garaklari hamda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan mediya markaz faoliyatini kòzdan kechirdi va o'z tavsiyalarini berdi.

✔️Shuningdek, Agentlik rahbari shu kuni Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo’lib, o’quvchilar bilan suhbatlashdi.