Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.5K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.36K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_forum

⚡️FORUM DOIRASIDA XORIJIY HAMKORLAR BILAN MEMORANDUMLAR IMZOLANDI

🔰”Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumi doirasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi. Xususan:

🔸Turkiya Milliy Ta’lim vazirligi bilan talabalar almashinuvi dasturlari, o'qituvchilar malakasini oshirish, Kardeş okullar doirasida hamkorlikni yo'lga qo'yish;
🔸The Times Higher Education tashkiloti bilan “Yangi O'zbekiston" universitetini dunyoning TOP oliygohlari qatoriga kiritish strategiyalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish;
🔸Nottingham Trent universiteti bilan ingliz tili o'qituvchilari uchun kasbiy rivojlantirish kurslari va ESP dasturi;
🔸Portsmouth universiteti bilan talabalar almashinuvi va rahbar kadrlar uchun leadership kurslari;
🔸Teamcoach International tashkiloti bilan o'qituvchilar malakasini oshirish, seminar-treninglar o'tkazish kabi masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum doirasida mahorat darslari boshlandi

Forumning amaliyotga bag’ishlangan qismida Agentlik tizimidagi maktablarning mahalliy va xorijlik o’qituvchilari hamda Vestminster xalqaro universiteti o’qituvchilari tomonidan ta’limning dolzarb masalalari va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodika bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Sho’balarda
- “Tabiiy fanlarni tadqiqotchilikka asoslanib oʼqitishda formativ baholash”,
- “PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik”,
- “Turli savol berish texnikalari yordamida oʼquvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish”,
- “Аnalogiyalar va modellashtirish yordamida abstrakt fizik tushunchalarni oʼqitish”,
- “Oʼrganish uchun qayta aloqa (“feedback”)”,
- “Tabiiy fanlar darslarida fan va til integratsiyasi”
kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

📌 Ushbu mahorat darslari har bir ishtirokchining kelgusi faoliyatida o’zining ijobiy samarasini beradi deb, umid qilamiz.