Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Informatika
#Таълим_дастури

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO'YICHA YANGI TA'LIM DASTURI YARATILDI

Bugun, 9-noyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔸Taqdimotda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari professor o‘qituvchilari, shuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari, Respublika ta’lim markazi metodistlari va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etdi.

📌Ma'lumot o'rnida, ta’lim dasturini ishlab chiqishda eng yaxshi milliy hamda xorijiy tajribalar, jumladan, Kembrijning IGSCE, A-Level, shuningdek, “NIS – Programme” (Nazarbaev intellektual maktablari), Common Core (AQSh) kabi xalqaro tan olingan dasturlar, International Baccalaureate, SAT kabi imthonlar, AQSh, Rossiya, Avstraliya, Belarus singari davlatlarning ta’lim dasturlari, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuni o‘rganildi.
#Yashil_makon

Mamlakatimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham o'z hissalarini qo'shishmoqda. Jumladan:

🔸Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi 150 tup archa, sosna, mushmulla va boshqa ko'plab manzarali daraxtlar ko'chatlarini ekishdi;

🔸
Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ham hashar ishlari boshlab yuborildi. Mazkur loyiha munosabati bilan bugun maktab jamoasi tomonidan maktab hududi atrofiga 30 tup archa ko‘chati o‘tqazildi;

🔸
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi tomonidan ham "Yashil makon" ekoaksiyasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ekib, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Namangan_Prezident_maktabi

Namangan shahridagi Prezident maktabi mahalliy va xorijiy o'qituvchilar jamoasi o’lkamiz tarixi, madaniyatini o’rganish maqsadida Farg’ona viloyatining Qo’qon shahridagi Xudoyorxon muzeyiga sayohat uyushtirdilar.

🔸Muzeyda Qo'qon xonligining XVIII-XIX asrga oid bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotini aks ettiruvchi ko’rgazmalar bilan tanishdilar. Saroyning arxitekturasi, naqqoshlik, o’ymakorlik, me’morchilik, ranglar uyg’unligining mukammal namunalari barchani ayniqsa, xorijlik mehmonlarni hayratga soldi. Bundan tashqari, xonlikning chet davlatlar bilan olib borgan aloqalari, qabul qilingan sovg’alar hamda xonlikning harbiy qudratini aks ettiruvchi eksponatlar ham alohida e'tibor jalb qiladi.

📌Ushbu sayohat maktab pedagogik jamoasida chuqur taassurot qoldirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
#teletanlov

O'zbekistonda ilk bora 17-30 yoshdagi yoshlar o’rtasida notiqlarni kashf etuvchi "Muammo, Erkinlik, Natija" teletanlovi tashkil etildi.

🟠 Tanlovda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sevinch Abdiyeva g'olib bo'ldi.

❇️ Sevinch Abdiyeva Yoshlar ishlari agentligi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
_______
In TV contest "Problem, Freedom, Result", which is being organized in Uzbekistan for the first time for young people aged 17-30, won Sevinch Abdiyeva, a 10th grade pupil of the school of creativity named after Abdulla Aripov.

Sevinch Abdiyeva was awarded a diploma and souvenirs by the Youth Affairs Agency.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_mehmonlar

⚡️Bugun American Council for International Education Uzbekistan tashkilotining mintaqaviy direktori Mr. William O'Roark va Kasbiy almashinish dasturlari loyiha boshqaruvchisi Bahrom Tuychiev Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, o'zaro hamkorlik masalalari bo'yicha fikr almashishdi.

Uchrashuv doirasida, jumladan:

🔸Agentlik tasarrufidagi ijod maktablarida American Corner markazini tashkil etish;
🔸AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi va USAID tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish istiqbollari;
🔸o'qituvchilar malakasini oshirish dasturlari;
🔸Mahorat markaziga xalqaro trenerlarni jalb qilish;
🔸"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari uchun AQSHda amaliyot o'tashlarini yo'lga qo'yish imkoniyatlari;
🔸School councilor dasturi doirasida treninglar tashkil etish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv yakunida mehmonlarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga campus-tur tashkil etildi.
#Yashil_makon
#Green_space
#Зелёное_пространство

🌳Gúllene ber, tallı jaǵıs, qádirdan dalam,
Men — seniń bir nart shıbıǵıń, men — seniń shaqań

               Ibrayim YUSUPOV

🌳 Ilájdan fotokórinisler
#Vebinar

⚡️ O’zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarida pedagog-kadrlar va o'quvchilar uchun Malayziyaning nufuzli kompaniyalari bilan onlayn vebinar tashkil etildi.

🔸Jumladan, Teamcoach International tomonidan o'tkazilgan vebinar doirasida ishtirokchilar zamonaviy o'qitish metodikalari, o'quvchiga yo'naltirilgan darslarni yo'lga qo'yish va mustaqil tadqiqot olib borish bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📌Shuningdek, Malayziyaning Fusionex Academy tomonidan o'tkazilgan 2 kunlik "Fundamentals of Data Analytics" mavzusidagi vebinar o'qituvchilarning ma’lumotlar bilan ishlash borasidagi bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yashil_makon

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablarining o'qituvchi va o'quvchilaridan iborat jamoa ham "Yashil makon" umummilliy loyihasiga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham ushbu loyihaga start berilib, maktab jamoasi maktab maydoniga 90 tup manzarali daraxt hamda 140 tup manzarali buta ko`chatlari ekishdi.

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi esa mazkur tashabbus doirasida maktab hududlarini turli chiqindilardan tozalab, rejaga asosan mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini o’tkazishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube