Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.8K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.46K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandi Prezident maktabida o'qiydigan ota-onalar bilan suhbatlashishda davom etamiz.

🔹Alisher Bekniyazov - payvandchi, Muhabbat Eshimova esa uy bekasi. Uch farzandning ota-onasi Qoraqalpogʻistonning Taxıyatosh shahrida istiqomat qilishadi. Ularning kenja farzandi Jasurbek Eshniyazov Nukus shahridagi Prezident maktabining 8-sinfida tahsil oladi.

🔶 Jasurbek umumta’lim maktabida olgan bilimi asosida Prezident maktabiga o‘qishga kirgan bu iqtidorli o‘quvchi hozirgi kunda Prezident maktabining eng namunali o'quvchilaridan biri.

- Farzandim Prezident maktabiga kirish imtihonining birinchi bosqichidan o‘tganini eshitganimdayoq juda quvongandim. Hozirda uning ushbu maktabning o‘quvchisi ekanidan xursandman,-deydi Muhabbat opa.

- Prezident maktabida o'qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, o'g'lim bilan maktabi haqida gaplashganimda dunyoqarashi, fikrlashi kengayganini sezaman,-deydi Alisher aka.
#Uchrashuv

✔️ENERGETIKA VAZIRLIGI VAKILLARI AL-XORAZMIY MAKTABIDA

⚡️
Prezident tomonidan ta’lim mavzusida o‘tkazilgan video-selektorda viloyat hokimlari, vazirlar va yirik tarmoqlar rahbarlarining o‘quvchilar bilan uchrashib, islohotlarning mazmun-mohiyatini tanishtirib borishga mas’ulligi belgilab qo‘yilgandi.

🔸Mazkur qaror ijrosi doirasida bugun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Energetika vazirligi vakillari, xususan Energetika vaziri maslahatchisi Temur Jo'rabekov va vazirlik Yoshlar yetakchisi Xolisaxon Nuriddinova ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

✔️Uchrashuv davomida mehmonlar so'zga chiqib, energetika sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida yoshlarga ma'lumot berishdi.

📌Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#Buxoro_Prezident_maktabi

⚡️BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI ILK O'QUVCHILARINI QABUL QILDI

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabida yangi o'quv yiliga start berildi.

Ko'zlari quvonchga to'la o'quvchilarni Agentlik rahbari Hilola Umarova yangi o'quv yili bilan tabrikladi:

- Bugungi dunyo shiddat bilan o'zgarib bormoqda va bu sizdan ko'proq mehnat hamda harakatni talab qiladi. Siz bizning umidimiz, ta'lim esa kelajakka kiritayotgan eng katta investitsiyamizdir. Umid qilamanki, bugun qarshimda turgan siz murg'ak qalblar ertaga yuzlab yoshlarga o'z muvaffaqiyat hikoyangizni so'zlab berasiz. Zafar yor bo'lsin.

📌Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov va jamoatchilik vakillari so'zga chiqib, o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabriklashdi.
_____
A new academic year has begun at the Presidential School in Bukhara. At the event, the head of the Agency Hilola Umarova, the Hokim of Bukhara region Botir Zaripov and others congratulated the pupils.
#Prezident_maktabi
#Foto_reportaj

📸 Buxoro shahridagi Prezident maktabidan foto-reportaj
———————
📸Photo report from the Presidential School in Bukhara

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uch_avlod_uchrashuvi

✔️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Mudofaa vazirligi faxriylari ishtirokida "Yangi O'zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🔸Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash, ularni ezgu g'oyalarga yo'naltirishdan iborat.

🔰Tadbirga tashrif buyurgan Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo'yicha Markaziy Kengashi raisi Abubakir Navro'zov, istefodagi general-mayor Isoqjon Fozilov, shuningdek xalqaro sport musobaqalari g'oliblikni qo'lga kiritgan harbiylar so'zga chiqib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

⚡️Shuningdek, mehmonlarga maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv doirasida tashkil etilgan mahorat darslari hamda konsert dasturlari o'quvchilarda alohida taassurot qoldirdi.