Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Faxrimiz #Ijod_maktablari

"Abdulla Oripov izdoshlari" hamda "O'tkir Hoshimov asarlari bilimdoni" tanlovining Respublika bosqichi yakuniga yetdi.

⚡️ Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi hamda Abdulla Oripov ijod maktabi o'quvchilari ham ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qo'lga kiritishdi.

🔰G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alarni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid topshirdi.
——————
The Republican stage of the contest "Abdulla Aripov izdoshlar" and "O'tkir Hoshimov asarlari bilimdoni" came to the end.

⚡️Pupils from the Agahi School of Creativity and Abdulla Oripov School of Creativity under the Agency for Presidential Educational Institution also took part in the competition.

🔰The winners were awarded diplomas and valuable gifts by Sirojiddin Sayyid, the chairman of the Writers' Union of Uzbekistan.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Турк дунёси шоирлари учрашуви
#13oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Prezident_maktabi #Zakovat

DAVLAT RAHBARI OLDIDA "ZAKOVAT"DA QATNASHISH HAYAJONLI BO'LDI

🔰 "Zakovat" intellektual o'yinining final bahsida Xorazm viloyatining "Xiva Prezident maktabi" jamoasi g‘alaba qozongani haqida xabar qilgan edik.

⚡️
Jamoa sardori Azamat Matkarimov bilan tashkil etilgan intervyuda jarayonlar va uning taassurotlari bilan tanishishingiz mumkin.

👉Batafsil bu yerda o'qing

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik #Tashrif

Bugun, 14-oktabr kuni Hindistonning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabhat va ikkinchi kotib Aditi Walunch Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga Investitsiya va tashqi savdo vazirligi vakillari hamrohlik qilishdi.

🔸Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablarga grantlar ajratish, mazkur maktablarda maxsus laboratoriyalar faoliyatini yo'lga qo'yishga ko'maklashish, o'zaro almashinuv dasturlari hamda Hindistondan malakali kadrlarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.

⚡️Tashrif so'ngida mehmonlarga Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
#Raqamli_avlod

"RAQAMLI AVLOD" JAMOASI TOSHKENT SHAHRIDAGI 22-SONLI MEHRIBONLIK UYIDA

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT tomonidan Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyida "Raqamli avlod" loyihasi doirasida "Microsoft Hour of Code" va robototexnikaga bag'ishlangan IT-tadbiri bo'lib o'tdi.

✔️IT tadbiri davomida, jumladan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Hour of Code" va robototexnika bo'yicha maxsus mahorat darslari, robototexnika ko’rgazmasi va seminarlar o'tkazildi.

⚡️Tadbir doirasida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tomonidan Agentlik direktori Hilola Umarovaga "O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Ma'naviy-Ma'rifiy ishlar a'lochisi" ko'krak nishoni topshirildi va yosh avlodga bilim berishdagi xizmatlari alohida ta'kidlandi.

📌Tadbir so'ngida ishtirokchilarga Microsoft sertifikatlari, shuningdek “Raqamli avlod” jamlanmasi taqdim etildi.
#Mukofot_muborak #Qutlov

HILOLA UMAROVA "MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR A'LOCHISI"!

Kecha Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔹“Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish va Mehribonlik uylari bolalarining o'zlari tarbiyalangan maktablarda mentor bo'lib tayinlanishi uchun yaratilgan imkoniyat hamda ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlash borasidagi olib borilgan ishlari hamda islohotlarni hayotga tadbiq etishda jonbozlik ko'rsatayotgani tufayli e’tirof etildi.

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Hilola Umarovani yuksak ishonch va mukofot bilan muborakbod etadi.
So'nmas shijoatingiz va kasbga bo'lgan fidoyiligingiz doimo sizga yor bo'lsin!