Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bilan imzolangan memorandumda belgilangan ishlar bo'yicha ilk qadamlar boshlandi.

🔸
Jumladan, Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova hamrohligida Milliy Gvardiya Qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo’lib, maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔰Shuningdek, zamonaviy jihozlangan kibersport hamda robototexnika xonalarini ko‘zdan kechirdi. U yerdagi robototexnika maxsus majmuasi va boshqa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “Raqamli avlod” sinfxonalarini respublikamizdagi barcha Mehribonlik uylarida ham tashkil etilishi belgilandi.

🔹Shu bilan birga, Mehribonlik uylari bolalarining o'zlari tarbiyalangan maktablarda mentor bo'lib tayinlanishi uchun ham imkoniyat yaratilishi rejalashtirildi. Ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_natijalari

📣Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e’lon qilindi!

🔰 21-22-avgust kunlari o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb-saytiga joylashtirildi.

Bu haqda Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell rasman ma'lum qiladi.

👉 Test natijalarini kompyuterdan foydalangan holda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pres21_schools21_admissions21/

👉Batafsil saytimizda o'qing.

☎️Qo'shimcha savollar uchun call-markazning 1206 qisqa raqamiga yoki @piimasavollar_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.
#Bizning_faxrimiz

💥18-sentabr kuni Farg'onada o'tkazilgan Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO 2021) 6 nafar qatnashchisining 3 nafari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari.

1. Ahror Bahodirov- Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
2. Shahzoda Hakimova - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
3. Sohibjon Dilmurodov - Toshkent shahridagi Prezident maktabi

🔰Ushbu o'quvchilarimiz dekabr oyida Dubay shahrida o'tkaziladigan olimpiadaga (IJSO 2021) yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Faxrimiz

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Aminov Rustam SAT imtihonini topshirib, 1510 ballni qo'lga kiritdi.

⚡️Bu deyarli maksimum ko'rsatgich hisoblanadi.

🔸Imtihonda Aminov Rustam O'qish va yozish bo'limidan (Reading va Wiriting) dan 800 balldan 720, Matematikadan 800 balldan 790 ball jamg'arishga muvaffaq bo'lgan.

📌Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi hisoblanadi va AQSh va boshqa xorijiy manlakatlarda tan olingan. Baholash 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bilan imzolangan memorandumdan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Bugun, 19-sentabr kuni "Valday" xalqaro klubi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

⚡️Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o'quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 20-sentabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o'tadi.
#Elchilar_Prezident_maktabida

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi.

🔰 Mazkur tanishtiruv uchrashuvida Germaniya, Hindiston, Shvetsariya, Turkiya, Latviya, Italiya, Koreya davlatlari elchilari hamda KOICA, Unicef va UNESCO tashkiloti vakillari ishtirok etib, maktab faoliyati, shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Shuningdek, oʻquv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlarni jalb qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokama olib borildi.

🔶Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim mavzusida o'tkazilgan video-selektorda xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg'or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo'yilgandi.