Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Mustaqillik_shukuhi

Bugun, 30-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi va agentlik tizimidagi maktablar xodimlariga "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishonini topshirilishiga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlar haqida to'xtalib o'tdi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.
_____

Today on August 30, an event dedicated to the presentation of the commemorative plaques of 30th anniversary of the Independence of the Republic of Uzbekistan to the staff of the Agency and educational institutions was held at the Specialized School of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi.

🔸In the event, the head of the Agency Hilola Umarova informed about the achievements of the Agency over the past period.

👉Read more on our site.
#Mustaqillik_30yil #Bayram_shukuhi

Bugun, 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” tadbirining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda faol ishtirokchilar va “Hackathon” (Respublika dasturchilar musobaqasi) g‘oliblari taqdirlandi.

🔰Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi:

“Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bunday tadbirlarning tashkil etilishi yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan ulkan e’tibordan darakdir. Sizlar bizning umidimizsiz. Har biringizni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Omad doimo yor bo'lsin”.


🔸Ma'lumot o'rnida, Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” 23-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, Raqamli media va marketing, Robototexnika kabi yo'nalishlar bo'yicha bilim olishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” faoliyatidan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллигига бағишланган байрам тантанасини қуйидаги ҳаволалар орқали томоша қилинг:

YouTube

Facebook
#Tabriknoma
#Mustaqillik_30_yil

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

1-sentabr— biz uchun yangi davrni boshlab bergan bu qutlug‘ sana Vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi ramziga aylangan. Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo'lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch ham - mustaqillikdir.

Shunday ekan, ko‘p millatli xalqimizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz! Barchangizga mustahkam sog'liq, xotirjamlik va farovonlik tilab qolamiz.

Hurmat bilan, Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
#Mustaqillik_shukuhi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi ilk bitiruvchilarining tabrigi

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan "El-yurt umidi" jamg'armasi stependiantlari, Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim olayotgan ilk bitiruvchilarimiz - Shahrizoda Rizaqulova, Rahmatjon Gaipov, Temurbek Sulaymonov, Abdulaziz Mirsagatov, Anvarbek Normurodovlar aziz yurtdoshlarimizga o'z tabriklarini yo'llashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_OAV #Mustaqillik_30yil

Cambridge Assessment tashkilotining rasmiy veb saytida Prezident maktablari haqida maqola va video e’lon qilindi.

⚡️"Ochilganiga endigina 2 yil bo‘lgan Prezident maktablarining o‘quvchilari A level imtihonlarida tarixiy natija qayd etib, bitiruvchilarning katta qismi xorijiy o’quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindilar”.

🔹 "Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova: “Ta'limga kiritilgan investitsiya juda muhim sarmoyadir. Chunki, biz bu orqali mamlakat kelajagiga investitsiya kiritmoqdamiz".

🔸"Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King: "Prezident maktablari Kembrij bilan hamkorlikda tashkil etilgan va bu yerdagi natijalar ikki tarafning ham yutug‘i hisoblanadi.Prezident maktablarida tahsil olayotgan yoshlar mamlakat kelajagiga katta hissa qo‘shadilar, deb o’ylayman"

📌Videoda, shuningdek, Agentlik tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar haqida so‘z boradi.