Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

✔️Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

⚡️Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

🔸Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

📌Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент мактабларига иккинчи саралаш имтихонлари бўлиб ўтмоқда.

@yangidavr_rasmiy
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Qarshi shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

🔰Tashrif doirasida mazkur yangi maktabning binosi, o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shundan so'ng, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

🔸O'quv xonalarining ijod maktabiga xos jihozlanishi hamda darslarning talab darajasida olib borilishi uchun malakali pedagoglar faoliyatini kengaytirish yuzasidan ko'rsatmalar berdi. Abdulla Oripov muzeyini kengaytirib, eksponatlar sonini ko'paytirish lozimligini ta'kidladi.

🔹Shuningdek, tashrif davomida ingliz tili to'garagi ish faoliyatini ham kuzatib, o'quvchilar bilan suhbatlashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2021 #Press

🎥 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Президент мактабларига иккинчи босқич кириш имтиҳонлари
#21aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Imtihon_2021

🔰Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va Respublikamizdagi barcha viloyatlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.

Savollar qopining muhri o’quvchilar ko’z o’ngida ochildi va tarqatildi. Mazkur bosqichda talabgorlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshirdilar.

✔️O'quvchilarning tibbiy niqoblari imtihonga kirishdan oldin alishtirildi, ularga tashkilotchilar tomonidan yangi tibbiy niqob taqdim etildi.

📌O'quvchilarning imtihon javob varaqalari o'sha vaqtning o'zidayoq qoplarga joylanib, Cambridge Assessment tashkilotiga yuborildi.
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi kirish imtihonlari - ingliz tili fani yuzasidan kelib tushgan murojaat Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o'rganilmoqda.
Qabul komissiyasi mas'ullari imtihon sabab viloyatlarda bo'lganligi uchun biroz vaqt kerak, barcha Toshkentga yetib kelishi bilan rasmiy munosabat e'lon qilinadi.


⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔴 Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan murojaatlar kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari, Qabul komissiyasi raisi va Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell onlayn bayonot berishadi.

🕜Buyuk Britaniya bilan vaqt tafovutini hisobga olgan holda bayonot vaqtiga tez orada aniqlik kiritiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Munosabat

🔴Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan rasmiy bayonot beriladi.

🔰Unda:
▶️Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari;
▶️Qabul komissiyasi raisi va
▶️Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell ishtirok etishadi.

👉 Bizni bugun 18:30 daYouTube kanalimiz orqali kuzatishingiz mumkin.
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan trening-mashg'ulotlari davom etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagi manzili Namangan shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

🔰Treningda Namangan shahridagi Prezident maktabi va Is'hoqhon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Trening mashg'ulotlari davomida ishtirokchilarni ta'limdagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishtirish ko'zda tutilgan.

✔️Mashg'ulotlar xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

📌Bu kabi loyihalar pedagog-kadrlarning mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o'tamiz, mazkur treninglarning muntazam ravishda tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

📍Trening-mashg'ulotlarining navbatdagi manzili - Toshkent shahri.