Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Piima_job

Agentlik tasarrufidagi maktablarga ishga qabul qilish bo'yicha o‘tkazilayotgan tanlovning 2-bosqichiga start berildi.

🔴Ayni paytda Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryoda mazkur tanlovning birinchi boshqichidan o'tgan nomzodlar test sinovlarida qatnashmoqda.

👉Batafsil ma'lumot uchun https://t.iss.one/piimaustoz kanalini kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

"Prezident maktabi bitiruvchilari O'zbekistonning bebaho xazinasidir"

🔸 Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi – Stiv King Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi bilan xalqaro IGCSE, AS va A Level imtihonlarini topshirish yuzasidan muzokara olib bordi. Tashrif doirasida Stiv King "Янги Ўзбекистон" gazetasiga intervyu berdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 1-iyul kuni boshlanadi

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan portal.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
Ijod maktablariga saralash imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi bosqichlarda ballar taqsimotiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon
2️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot fanidan test, chet tili fanidan test)

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (Bu bosqich ikki turdan iborat: yozma ish; og'zaki suhbat )
2️⃣-bosqich: test sinov (chet tili fanidan test, ona tili va adabiyot
fanidan test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy (ingliz) tilda o'tkaziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Infografika

“Yangi O‘zbekiston” universiteti tashkil etildi.
🔹Universitetda ta’lim jarayoni
🔹Talabalarni qabul qilish parametrlari
🔹 Davlat granti kimlarga nisbatan tatbiq etilish
i kabi ma'lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Forum

Poytaxtimizdagi Botanika bog’ida 29-30 iyun kunlari O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari ham ishtirok etmoqda.

⚡️Mazkur forum doirasida Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari tomonidan turli loyihalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Piima_job

Agentlik tasarrufidagi maktablarga ishga qabul qilish bo'yicha o‘tkazilayotgan tanlovning 2-bosqichi davom etmoqda.

🔴Bugun Andijon, Farg'ona, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoroda mazkur tanlovning birinchi boshqichidan o'tgan nomzodlar test sinovlarida qatnashishdi.
Test sinovlaridan yuqori natijaga erishganlar, saralashning 3-bosqichiga yo'llanma olishadi.

Batafsil ma'lumot uchun https://t.iss.one/piimaustoz kanalini kuzatib boring.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Result

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga aholining qiziqishini o'rganish maqsadida qisqa so'rovnoma o'tkazildi. Unda 5242 nafar kishi qatnashdi. 17:00 holatiga ko'ra natijalar:

▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktabiga - 24%
▶️ Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga - 27%
▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabiga - 47% foydalanuvchi qiziqish bildirgan.

⚡️Eng ko'p qiziqish bildirilgan maktab faoliyati haqida qisqacha:

🔰 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirligan maktabi 2017-yil 14-sentabrda tashkil etilgan.

🔸Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan.

🔹Al-Xorazmiy maktabiga 2021-2022 o'quv yili uchun qabul joriy yilning 1-20 iyul kunlari bo'lib o'tadi (jumladan, Agentlik tizimidagi boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga ham).

📍Toshkent shahri, Yashnobod tumani Mahtumquli ko’chasida joylashgan.
#30_iyun_Yoshlar_kuni

Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan "Uchinchi renesans bunyodkorlari" nomli O'zbekiston
yoshlari va talabalari forumida Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.

Bu – o'z oldiga aniq maqsadlarni qo'ygan, ilm o'rganishga ishtiyoqi baland, ilmli, intiluvchan, Vatan kelajagini ishonib topshirishga arziydigan yurtimiz yoshlari bayramidir.

Aziz yoshlar, sizlar yurtimizning munosib farzandi bo'lishingizga ishonamiz, bu yo'lda kuch-g'ayrat va shijoat hech qachon sizni tark etmasligini tilaymiz.

Hurmat bilan,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qutlov

Yoshlar kuni munosabati mukofotlanganlar qatorida Agentlik tizimidagi o'qituvchilar ham bor. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Namangan shahridagi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari Yelena Mustayeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

💥Yelena Mustayeva chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, IELTS, CEFR, TOEFL kabi sertifikatlariga ega. Uz.TEA hamkorligida respublika va viloyat miqyosida seminar-treninglarda trener sifatida ishtirok etgan. 2018 yil Teaching Excellence and Achievement dasturi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, 2018 yil yanvar-mart oylarida AQSHning Massachusets shtati universitetida malaka oshirish kurslarida qatnashgan. 2018 yil O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol olima ayoli” tanlovi ishtirokchisi.

🔹Ma’lumot o‘rnida, Yelena Mustayeva dastlab Agentlik tizimidagi Ibrat nomidagi ijod maktabida ingliz tilidan dars bergan.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIga ko'ra...

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

💥Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Davlatjon Karimov “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlandi.

Davlatjon Karimov “O‘qituvchilar Assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasining xalqaro tajribalar asosida o‘tkazilgan “Ustoz-2020” (Best teacher) tanlovi qatnashchisi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munasabati bilan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Til borki, millat barhayot” tanlovining g‘olibi, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Zomin seminari” mintaqaviy bosqichi sovrindori. O‘quvchilari fan olimpiadalari g'olibi bo'lgan.

📃Ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jonli_efir

🔴 Ixtisoslashtirilgan maktablarga 2021-2022 o'quv yiliga qabul yuzasidan jonli efirni tomosha qiling. Siz unda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga
- qaysi sinflarga qabul qilinishi;
-qanday hujjatlar talab etilishi;
-kirish imtihonlari haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

👉14:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qutlov

⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilari bilan bir qatorda o'quvchisi ham "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu ro'yxatdan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Firdavs Abduqayumov ham joy oldi.

💥Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, Firdavs 12 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasining 1 005 000 AQSh dollari miqdoridagi grantlari sohibi ham bo'lgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube