Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
43.8K subscribers
18.3K photos
2.35K videos
70 files
6.76K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Qarorda pedagoglarimizga bir nechta xushxabar bor.

Vazir jamgʻarmasi:

endilikda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin. Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga daʼvogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.

Malaka toifa sinovlari:

pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishining tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga beriladi.

Yana bir yangilik! Endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
#vazir_jamgʻarmasi
#100_foizlik_natija

Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun test sinovlaridan eng yuqori – 100 ballni qoʻlga kiritgan ustozlarimizning yana bir guruhini e'lon qilamiz.

Bu koʻrsatkichlar barchamizni birdek quvontirdi. Test sinovlarida maksimum ball jamgʻargan hamda keyingi bosqichga yoʻl olgan barcha ustozlarimizni samimiy tabriklayman.

@hilola_umarova
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Ulugʻbek Rahmatullayev IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Subhidam | Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati va erishilgan yutuqlar
#jizzaxMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETNING 248 000 AQSH DOLLARIGA TENG TOʻLIQ GRANTIGA SAZOVOR BOʻLDI

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammaddiyor Olimjonov Shanxay Nyu-York universitetiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 248 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Maʼlumot oʻrnida, Shanxay Nyu-York universiteti (NYU Shanghai) – bu Nyu-York universitetining (NYU) xalqaro tarmoqlaridan biri bo‘lib, Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan. Oliygoh Nyu-York universitetining akademik dasturlarini taqdim etadi. Shuningdek, talabalar uchun global miqyosda taʼlim olish imkoniyatlarini beradi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika fanidan – yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali beriladi.

@hilola_umarova
#Bitiruvchilar_kengashi

🤩 Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda joriy yilning mart oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ilmiy-amaliy konferensiyasiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Shuningdek, kengash tomonidan bitiruvchilar va maktab oʻquvchilari oʻrtasida aloqa va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, raqamli platformalar orqali oʻzaro aloqalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bitiruvchilar ishtirokida maʼrifiy, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni koʻzda tutuvchi rejalar tuzib olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Samarqand_viloyati

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Samarqand viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, viloyatning Qo’shrabot, Paxtachi, Ishtihon, Narpay va Oqdaryo kabi olis hududlarda joylashgan tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish va aholining fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Samarqand shahridagi Prezident maktabida Agentlik direktori oʻrinbosari Sevara Shakirova ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube