Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.8K subscribers
17.9K photos
2.31K videos
70 files
6.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Farmon_ijrosi
#amaliy_mashgʻulot
#standartlashtirish_metrologiya

OʻQUVCHILAR METROLOGIYA SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, ayni yoʻnalishda Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilarini standartlashtirish va metrologiya sohalariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, shuningdek, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotda oʻquvchilar etalonlar bazasi, oʻlchov texnikasi va uning amaliy qoʻllanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini tekshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu kabi tadbirlar oʻquvchilarning amaliy tajribalar orqali yangi koʻnikmalarni egallashlari, oʻzlari qiziqqan sohalari boʻyicha bilimlari yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#diqqat_eʼlon
#Buxoro_viloyati

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 7-fevral kuni soat 16:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko’chasi 1-uy.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#Fargʻona_viloyati

🤩 Agentlikning Farg’ona viloyatidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida o’tkazilgan “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi jarayonlaridan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Javohir Komilboyev oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boldi.

U oʻzbek tili va adabiyoti, matematika, ingliz tili umumtaʼlim fanlaridan jami 178 ball toʻplagan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#Jizzax_viloyati

🤩 Agentligining Jizzax viloyatidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasida o’tkazilgan “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi jarayonlaridan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

🤩 Agentlik tizimidagi Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Qilichbek Ikromov toʻliq grant asosida "Yangi Oʻzbekiston" universitetining kiber xavfsizlik yoʻnalishiga muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.
#sirdaryoMTRK #yoshlarTV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Charosoy G’aniyeva o‘zi tanlagan OTM yo‘nalishi bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega bo‘ldi.

U oʻzbek tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika umumtaʼlim fanlaridan jami 178 ball to‘plagan.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Buxoro
#Turon_yoʻlbarslari

🤩 Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni ijrosi doirasida Respublikamiz boʻylab Agentlik tizimidagi maktablar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Jizzax hamda Fargʻona viloyatlarida mazkur harbiy-sport musobaqaning hududiy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Boshqa hududlar boʻyicha ham musobaqa davom etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda ta’lim sifatini oʻrganish doirasida Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham boʻlib, bu yerda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo oʻquvchilarning “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hududiy bosqichiga tayyorgarlik holati, harbiy-vatanparvarlik, milliy davlatchiligimiz tarixiga oid  bilim va ko‘nikmalarini tekshirdi.

Agentlik direktori ChQBT xonasida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, Prezident maktabida oʻgʻil-qizlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy mashgʻulotlarni yaqindan kuzatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Buxoro

🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablarning faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Tashrif davomida Agentlik direktori Buxoro shahar, G’ijduvon, Shofirkon, Peshku, Qorovulbozor tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, oʻquvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, sinfxonalar, fan kabinetlari, laboratoriyalar, ChQBT xonalarining jihozlanish holati, oʻquv binolarining isitish tizimi ham koʻzdan kechirildi.

Ishchi guruh oʻrganishlarida oʻquvchilarning oliy ta’lim va SAT, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorgarligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyati tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini joyiga borib tanqidiy-tahliliy oʻrganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM