Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.8K subscribers
17.4K photos
2.26K videos
70 files
6.52K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Maktab o‘quvchilari Pahlavon Gʻulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan edi.

Bugun Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shaxsan topshirdi.

Yoshlarimizning bu ajoyib muvaffaqiyati barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi, shuningdek, Prezidentimiz tanlagan barqaror va “yashil” rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Biz o‘quvchilarimizga yanada yuksak yutuqlar va yangi zafarlar tilaymiz!

-

Успехи нашей системы образования вновь признаны на международной арене. Президентская школа города Ташкента стала региональным победителем в номинации «Глобальные средние школы» престижной премии имени Шейха Заида Аль Нахайяна.

Победу одержал проект учеников школы Пахлавона Гуломова и Асилбека Ашрапова, а также их наставника Сохибхона Азизова по переработке дождевой воды до уровня, пригодного для употребления. Всего для участия было подано 5980 заявок из 156 стран.

Сегодня в Абу-Даби награда была вручена ребятам лично Президентом Объединённых Арабских Эмиратов Шейхом Мухаммадом бин Заидом Аль Нахайяном.

Этот выдающийся успех нашей молодёжи вызывает чувство гордости в каждом из нас и в очередной раз подтверждает правильность выбранного Президентом нашей страны курса на устойчивое и «зелёное» развитие.

Мы искренне желаем нашим ученикам ещё более грандиозных достижений и новых побед!
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi

kun.uz | Prezident maktabi oʻquvchilari Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi

daryo.uz | Abu-Dabida Toshkent Prezident maktabi Zayd Barqarorlik mukofoti g‘olibi bo‘ldi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Bolaligimdan yaxshi eslayman, 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” oilamiz uchun muhim sana. Dadam harbiy, uzoq yillar Vatan himoyasi yoʻlida xizmat qilgan, burchiga sodiq inson. Harbiylar oilasi buni yaxshi tushunadi. Bu kasb bayram, toʻy, yigʻinlarda ham oilasi davrasida boʻla olmaydigan, muqaddas burchini bajaradigan, Vatan tinchligi yoʻlida xizmat qiladigan sharafli kasb.

Dadam biz farzandlarini yoshlikdan toʻgʻri soʻz boʻlish, Vatanni sevish, tartibli yashashga oʻrgatgan. Hozir ishdan chiqib dadamni tabriklashga shoshar ekanman shu fikrlar hayolimdan oʻtdi, negadir yozgim keldi.

Men bugun otam timsolida millionlab oʻzbek otalari, turmush oʻrtoqlari, farzandlari, Vatan va oilaning chinakam qoʻrgʻonlarini yana bir bor bayram bilan tabriklayman. Jonajon Vatanimiz barchamizniki, uni asrash, tinchligini himoya qilishga barchamiz masʼulmiz!

#Vatan_himoyasi #oila #burch

@hilola_umarova
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Ruxshona Oybekova IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchisi Shavkatjon Atavaliyev IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida Farmatsevtika texnik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda oʻquvchilar farmatsevtika va sogʻliqni saqlash sohalaridagi innovatsiyalar, soʻnggi yutuqlar, ayni yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim, kasb imkoniyatlari, oʻquv dasturlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Maʼlumot oʻrnida, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

Mazkur hujjat bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni ham oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semestr mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova
#xalqaro_hamkorlik

MAKTABIMIZDA KOREYA TAʼLIM SOHASI VAKILLARI

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Koreya Respublikasining Jeollanam-do Taʼlim boshqarmasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Koreyaning nufuzli maktablari rahbariyati vakillari, oʻqituvchilar ham boʻlib, maktabimiz bilan yaqindan tanishuv jarayonida mehmonlar oʻquvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy sinfxonalar va laboratoriyalarga yuqori baho berdi.

Tashrif doirasida maktab rahbariyati, oʻquv jamoasi va Jeollanam-do Taʼlim boshqarmasi direktorlar uyushmasi vakillari oʻrtasida oʻzaro muloqot tashkil etilib, taʼlim sohasida hamkorlik, oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga doir xorijiy tajriba, oʻqituvchilarning Koreya Respublikasida malakasini oshirishga doir qator masalalar yuzasidan fikr-takliflar almashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA RESPUBLIKA
OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

📣Ilg֥‘or va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kimyo va fizika fanlaridan O’qituvchilar o’rtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

❗️Olimpiadada davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi fizika hamda kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

⭕️⭕️⭕️
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yilning 1-fevraliga qadar ushbu elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish haqida videoyo‘riqnoma👈

📌Olimpiada hududiy va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

💠Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

Imkoniyatdan samarali foydalanish oʻz qoʻlingizda!

Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️OʻQUVCHIMIZ TALABALIKNI NAQD QILDI

🤩 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mohira Diniqulova Bilim va malakalarni baholash agentligining oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, matematika, ingliz tili umumtaʼlim fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga ega boʻlib, jami 189 ball toʻpladi.

Endilikda oʻquvchimiz kirish imtihonlarisiz oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha oliygohda taʼlim olish imkoniyatiga ega.

Yozuvchilar uyushmasining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida M.Diniqulovaning "Yurakka maktub" nomli ilk kitobi ham chop etilgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM