Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.3K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.38K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#yil_sarhisobi
#iyun_2024

⚡️2024-YIL IYUN OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazdi.

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi tashkil etildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tomonidan tizimdagi Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo viloylatlarida joylashgan maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, 2024/2025-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladigan obyektlarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Barcha Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

Agentlikda Qabul-2024 boʻyicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlarining 1-, 2-bosqichi oʻtkazildi.  

eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

Oʻqituvchimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

Butunjahon yoshlar festivali doirasida Prezident maktablari paviloni ochildi.

Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻquvchilarimiz Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining gʻolib va sovrindorlari safidan joy oldi.

O‘quvchimiz “Mirzo Ulugʻbek Vorislari” Respublika tanlovi g‘olibi boʻldi.

Ilk bor “Incheon ta’lim festivali"  o‘tkazildi.

Oʻquvchilarimiz "Mard oʻgʻlon" mukofoti bilan taqdirlandi.

Toshkent, Andijon shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari foizlik xalqaro taʼlim grantlarini qo‘lga kiritdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida OʻzFA akademigi Saidahror Gʻulomov bilan uchrashuv tashkil etildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Inson qadri uchun

#uzbekiston24

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

🔈 Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.


📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Joylar soni chegaralangan ‼️

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#seminar
#Prezident_maktablari_tajribasi

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar oʻqituvchilari uchun "Oʻquvchilar diqqatini jamlashda yangi usullar" mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar mashgʻulotlari Prezident maktabining psixolog hamda pedagog xodimlari tomonidan olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Buxoro shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Munisa Gʻaniyeva IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK MEMORANDUMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining Letovo xalqaro maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.


Mazkur memorandum doirasida:

– Agentlik tizimidagi maktablar hamda Letovo maktabi oʻrtasida oʻquvchilarga chuqur nazariy bilim, koʻnikma va malakalar berish hamda ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish;

– taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar ishtirokida qoʻshma seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek olimpiadalar, tanlovlar va koʻrgazmalar tashkil etish;

– pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻzaro almashish va oʻquv amaliyotini boyitish maqsadida qoʻshma oʻzaro amaliyotlar, konferensiyalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning sentyabr oyida Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim muassasasi faoliyatini yaqindan oʻrgangan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube