Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#metodik_yordam
#Jizzax

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan taʼlim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi rahbar xodimlari va malakali pedagoglaridan iborat ishchi guruh hududdagi 4-, 8-, 14- , 31-umumta’lim maktablarida boʻlib, dars jarayonlarida qatnashdi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib, zarur metodik tavsiyalar berildi. Ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#Prezident_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ChSB_imtihonlari
#1_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida II chorak yakuni boʻyicha ChSB imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

📸 Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!

Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.

🔵 Onlayn yo'nalishlar:
•Python
•.Net
•React
•SMM
•AI
•DevOps
•Mobile Flutter

🔴 Oflayn yo'nalishlar:
Robototexnika
CyberSport (Dota 2)
Digital Art
Dasturlash (nocode)
3D modellashtirish
AI (GPT)

📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Qiziqarli darslar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zgacha tajribalarni qo‘ldan boy bermang! 🙌

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisob
#mart_2024

⚡️2024-YIL MART OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Surxondaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalari faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.

Agentlik ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati o‘rganildi.

Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazildi.

"Qizlar olimpiadasi"ning Agentlik bosqichi tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar taqdirlandi.

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Zulfiya Shomurotova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Agentlikda Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Ilhomjon Baxronov , “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Ahmadov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonida g‘olib bo‘lib, Londonga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City ta’lim boshqarmasi delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi, Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Toshkent, Nukus shahridagi Prezident maktablarida “Science Fair” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari va tuzilmalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayllari tashkil etildi.

Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining ilmiy-amaliy treninglar haftaligi tashkil etildi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazildi.

Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz g‘olib va sovrindor boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM