#xalqaro_konferensiya
🤩 Nukus shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili o‘qituvchisi Gulnaz Tlewmuratova Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Navigating the future: Youth-driven solutions for a sustainable and peaceful world" mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari
Joriy yilning 15–20-dekabr kunlari Bo‘stonliq tumanida boks bo‘yicha 2011-2012-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar hamda 2009-2010-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi” munosabati bilan Respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozog‘iston Respublikasi va hududlardan kelgan sportchilar bilan bir qatorda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quvchi-sportchilari ham ishtirok etdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, boks maktabi jamoasi 13 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!
Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.
@hilola_umarova

#yil_sarhisobi
#yanvar_2024
⚡️ 2024-YIL YANVAR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Asilbek Sunnatov 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida Informatikadan oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik bo‘ldi.
✅ Agentlik hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti oʻrtasida memorandum imzolandi.
✅ "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
✅ Namangan shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
✅ “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari oʻtkazildi.
✅ Agentlik tizimidagi barcha maktablarda STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi oʻtkazildi.
✅ Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
✅ Andijon shahridagi Prezident maktabida “Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yanvar_2024
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | Samarqandlik o‘quvchi IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi
#uzbekiston24
📍
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fakt 24 | Samarqandlik o‘quvchi IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi
#uzbekiston24
Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili
KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.
1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.
Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.