Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.4K subscribers
18.1K photos
2.33K videos
70 files
6.7K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

PREZIDENT MAKTABI OʻQITUVCHISI XORIJDA MALAKA OSHIRMOQDA

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Abduvohid Isoqov ayni paytda Slovakiyaning Nitra shahridagi "Faylasuf Konstantin" universitetida malaka oshirmoqda.

Oʻqituvchimiz oʻz yoʻnalishida xorijiy tajribalarni oʻrganish bilan bir qatorda universitet oʻquv jarayonlarida ham faol qatnashmoqda.

Xususan, A.Isoqov turli davlatlardan kelgan tinglovchilar uchun mahorat darsi tashkil etib, zamonaviy sanʼatda raqamli media vositalarining ijodkorlik, eksperiment va innovatsion ifoda shakllariga oid bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻqituvchimizning ushbu tashabbusi xorijiy universitetning rasmiy saytida yoritildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Fargʻona

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston, Beshariq va Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Qolaversa, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim muassasalarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar | Yoshlar uchun harbiy vatanparvarlik festivali
#jizzaxMTRK

📍Jizzax shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Talabalarimiz 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti
bilan taqdirlandi

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalaridan iborat jamoa "President Tech Award" tanlovining Mikro-SaaS va AdTechdagi texnologik yechimlar yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Talabalar taqdim etgan loyiha hakamlar tomonidan eng yaxshi deb topilib, 100 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Voha 24 | Oʻquvchilarning ixtirochilikka qiziqishlari, robototexnika, yashil energiya yoʻnalishlarida yaratgan ixtirolari
#surxondaryoMTRK

📍Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qizlar_olimpiadasi

QIZLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI

Joriy yilning 14-dekabr kuni Respublikamizning barcha hududida Agentlik tizimidagi maktablarning oʻquvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Jami 1 770 nafar qizlar ishtirok etgan mazkur olimpiada Agentlikning har bir hududga masʼul etib belgilangan vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda kuzatib borildi.

Qolaversa, olimpiada jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish uchun ota-onalarga alohida sharoitlar yaratib berildi. Ular real vaqt rejimida test jarayonlarini kuzatib borishdi.

Olimpiada jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube