Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.2K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

👨‍🏫 Bir muhim voqeani chetlab o‘ta olmadik: "Eco-schools Uzbekistan" va "Yosh fermer" loyihalari ishtirokchilari Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazdi. Bolalar sinfdoshlarining e’tiborini yer unumdorligini saqlashning muhimligiga qaratdilar, tuproqning noyob xossalari hamda uning ekotizimlar va odamlar hayotidagi ahamiyati, biologik xilma-xillikni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli haqida so‘zlab berdilar.

👍 Tabiatga mas’uliyatli munosabatingiz uchun katta rahmat!

~~~

👋😊 Всем привет!

👨‍🏫 Не смогли пройти мимо одного важного события: участники проектов Eco-schools Uzbekistan и «Юный фермер» провели открытый урок, посвященный Всемирному дню почв. Ребята привлекли внимание одноклассников к важности сохранения плодородия земли, рассказали об уникальных свойствах и значении почвы в экосистемах и жизни людей, её роль в поддержании биоразнообразия и обеспечении продовольственной безопасности.

👍 Большое спасибо за ответственное отношение к природе!

#WorldSoilDay

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

PREZIDENT VA IJOD MAKTABLARI FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi Prezident va ijod maktablarining 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, ZOOM platformasi orqali tizimdagi Prezident hamda ijod maktablarining rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘quv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qo‘shimcha kurslar va to‘garaklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Prezident hamda ijod maktablarida bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini o‘rnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, har bir Prezident hamda ijod maktabining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga Prezident hamda ijod maktablarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamid_Olimjon_tavalludining_115_yilligi

12-DEKABR – SHODLIK VA BAXT KUYCHISI HAMID OLIMJON TAVALLUD TOPGAN KUN

Atoqli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tugʻilgan.

Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq sheʼriyatga qiziqdi. Uning "Koʻklam" nomli ilk she’riy toʻplami 1929-yilda chop etildi. Shundan soʻng "Olov sochlar" (1931), "Oʻlim yovga" (1932), "Poyga" (1932) kabi she’riy toʻplamlari nashr etildi.

Oʻz ijodida mehnatkash xalqimizni tasvirlagan shoir 30-yillarda qator ajoyib lirik she’rlar bilan birga "Zaynab va Omon" dostonini yaratdi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon tomonidan oʻzbek adabiyotining dolzarb masalalari boʻyicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yozilgan.

Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining ajoyib durdonasi "Alpomish" dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib (1938) chop etildi.

Hamid Olimjon 1939-yildan to umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.

Shoir 1944-yil 3-iyulda avtomobil halokati tufayli vafot etadi.

Maʼlumot oʻrnida, 2017-yilda Agentligimiz tizimida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi tashkil etilgan. Mazkur taʼlim muassasasida adabiyotga oshno, shoirga izdosh boʻlgan yoshlar kamolga yetmoqda.


Hamid Olimjon qalamiga mansub "Boʻlsam" gʻazalini Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining ona-tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari oʻqigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn_muloqot

XALQARO MUNOSABATLAR OQUVCHILAR MUHOKAMASIDA

Agentligimiz tomonidan mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan hamkorlikda tizimdagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarning xalqaro hayot, O‘zbekistonning tashqi siyosati va milliy manfaatlari borasida bilim va tushunchalarini mustahkamlash maqsadida onlayn mahorat darslari tashkil etilmoqda.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi mahorat darsida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Anvar Abduhalimov o‘quvchilarimizga mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy sohalardagi aloqalar, qo‘shma investitsiya loyihalari, ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdi.

O‘quv jarayonining uzviy qismiga aylangan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarimizni o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 52 ta davlatdan jami 303 nafar oʻquvchi ishtirok etgan 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Bronza medal – Bonu Sheripboyeva, Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;

Bronza medal – Oybek Farhodov, Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;

Bronza medal – Jasur Mustafoyev, Navoiy viloyati, Navoiy shahar 11-sonli AFChO‘IM 9-sinf oʻquvchisi;

Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri boʻlib, gʻoliblar va ularning oʻqituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yoshlarimizga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

🤩 Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xalqaro tajribaga ega xorijlik pedagoglarimiz oʻquv jarayonlari samaradorligiga faol hissa qoʻshmoqda.

Ana shunday malakali oʻqituvchilarimizdan biri – Janubiy Koreyalik Kim Nae Ri Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarga STEAM fanlaridan saboq bermoqda.

Xalqaro tajriba hamda milliy taʼlim tizimi uygʻunlashtirilgan dars jarayonlarida qiziqarli taqdimotlar, interfaol oʻyinlar mavzularni chuqur oʻrganishda muhim oʻrin egallamoqda.

Ingliz tilida oʻtilayotgan ushbu dars mashgʻulotlarida oʻquvchilar juda faol ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM