Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot
#rahbar_va_yoshlar

OʻQUVCHILARIMIZ QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRI BILAN UCHRASHDI

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qishloq xo‘jaligi vaziri, OʻzFA akademigi Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda mazkur taʼlim muassasalari yoshlari bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Olmazor, Qamashi, Yakkabog‘ tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari video-konferens-aloqa shaklida qatnashdi.

Uchrashuvda Qishloq xoʻjaligi vaziri o‘quvchilik davridan boshlab shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li, erishgan yutuqlarida maktabda olgan bilimining ahamiyati, ustozlarning o‘gitlari haqida so‘zlab berdi.

Mamlakatni rivojlantirishda fanlarni yaxshi o‘zlashtirib yetuk kadr bo‘lgan yoshlarning o‘rni, ayni paytda yurtimizda bilim olish uchun yaratilgan qulayliklar aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha xorijda va yurtimizda olib borilayotgan tadqiqotlar, Fanlar Akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi faoliyati, bu yerda yurtimiz olimlarining erishayotgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida I.Abdurahmonov maktabdagi laboratoriyalar faoliyati, o‘qituvchilarning ish faoliyati va o‘quvchilarning ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_gʻoliblari

🤩 "BIR BAYROQ OSTIDA BIRLASHAMIZ" MAVZUSIDAGI VIDEOROLIKLAR TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Bir bayroq ostida birlashamiz” mavzusida videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Tanlov 3 bosqichda:

1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida,15-noyabrdan 20-noyabrga qadar;
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy), 20-noyabrdan 22-noyabrga qadar;
3-bosqich – Respublika (Agentlik) miqyosida, 25-noyabrdan 1-dekabrga qadar oʻtkazildi.

Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra:

1-o‘rinni Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Xusan Ilxomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi;

2-o‘rinni Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Sarvar Suyunov;

3-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bexruz Abdusamatov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Daler Rahimov qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish hamda OAV, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga faol hissa qoʻshgani uchun Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi “Eng faol maktab” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

Tanlov gʻoliblari 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Andijon shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari va ular erishayotgan yutuqlar
#andijonMRTK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Andijon viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarining Sanʼat(ART) va Robototexnika fani o‘qituvchilarini yangi metodikalarga o‘rgatish hamda ular bilan tajriba almashish maqsadida Prezident maktabi pedagoglari tomonidan seminar tashkil etildi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan yangi metodikalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, fan yuzasidan qiziqarli faktlar hamda yangiliklar haqida so‘z bordi. Bundan tashqari seminarda barcha pedagoglar uchun interfaol o‘yinlar va mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️ “OʻZBEKISTON YOSH IQTISODCHILARI HAMJAMIYATI” XAKATONI BOSHLANDI

🤩 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida 7–8-dekabr kunlari iqtisodiyot boʻyicha xakaton oʻtkazilmoqda.

Xakatonda respublika boʻylab 150 dan ortiq yoshlar oʻz jamoalarini bilan qatnashib, yurtimizning turli hududlaridagi dolzarb iqtisodiy muammolarga oʻz yechimlarini tayyorlashmoqda.

📝 Xakaton davomida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, “UZCARD” va Kapitalbankning tajribali mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM