Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Toshkent_viloyati

ISHCHI GURUH:
STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan ingliz tilida matematika fani oʻqitilayotgan sinflaridagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Taʼlim muassasasida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi De La Cruz hamda Foman Macabinguil hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nurafshon shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari ITZ Interdistsiplinar oʻsimtalar markazida boʻldi. Oʻzbekistonlik mehmonlar uchun professor Cornelius Waller hamda doktor Kristina Maas-Bauer Markazda amalga oshiriladigan loyihalar, amaliy ishlar boʻyicha taqdimotlar qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 99-sonli maktabda yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.


 🔹 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi.

Xususan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning ITZ Interdistsiplinar oʻsimtalar markazida boʻldi.

Markaz haqidagi taqdimotlardan soʻng markaz boʻylab campus-tur tashkil etildi.

Xalqaro standart talablariga toʻliq moslashtirilgan, bemorlarga xizmat ko’rsatuvchi eng soʻnggi texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan markazning Ichki kasalliklar boʻlimi tibbiy direktori, professor Robert Thimme, Radiologiya departamenti professorlari Maxim Zaitsev, Maximilian Frederik Russe tomonidan delegatsiya aʼzolariga markazning amaliy faoliyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM