Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45K subscribers
17.8K photos
2.31K videos
70 files
6.63K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
🎉 Raqamli Avlod IT haftaligi davom etmoqda!

🏆 Bugun haftalik doirasida o‘tkazilgan musobaqalar yakunlandi. Ishtirokchilar DG Contest, RoboFutbol, RoboSumo, DragRacing va Foydali ixtirolar yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etgan g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi!

🖥 Hozir esa festival doirasida IT olamining so‘nggi yangiliklari bilan tanishish va tajribalar almashish uchun "Microsoft Community Conference 2024" bo‘lib o‘tmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va  ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman, Zomin tuman hamda noyabr oyidan Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman, Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, bugun Agentlik tizimidagi Guliston shahar 2-son, Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktablarida ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda |
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati, zamonaviy taʼlim sharotlari, oʻquvchilar erishgan yutuqlarga nazar
#xorazmMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu sana keng nishonlab kelinadi.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda hududdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarimizda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirlarda yozuvchi va shoirlar, tilshunos olim va jamoat arboblari, xorijlik o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

O‘quvchilarimiz tomonidan Qoraqalpoq tilida yangragan qo‘shiqlar, milliy kuy va raqslar, shuningdek, badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘lmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (U.R)
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi  21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.

21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

▶️ Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Toshtemirov Hushnudbek  Xasanovich - Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-sonli maktab, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;

▶️Asrorov Adham Asqar o‘g‘li - Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Yuldashov Murodbek Uktam o‘g‘li - Toshkent shahar, Uchtepa tumani   74-sonli maktab   9-sinf o‘quvchisi.

😄 Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo’lga kiritgan edi.
Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Jarayon | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Zamin kreativ" studiyasi tashkil etilib, inklyuziv ta'lim yo‘lga qo‘yilgan.
#fargʻonaMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#onlayn_dars

🤩 Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Koreya Respublikasining Busan shahrida joylashgan Millak boshlangʻich maktabi bilan hamkorlikda koreys tilini amaliy oʻrganish boʻyicha onlayn dars tashkil qilindi.

Unda Millak boshlangʻich maktabi oʻqituvchisi Shin Jong In oʻz ona tilida koreys madaniyati va urf-odatlari, koreyalik yoshlarning qiziqishlari, Busan shahri haqida maʼlumot berdi.

Dars jarayoni Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning koreys tili fani oʻqituvchisi Mashhura Sodiqova tomonidan olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi
#oʻquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori

🤩 MAKTABLARIMIZ "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI"DA FAOL QATNASHDI

Joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar boʻlib oʻtgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari faol ishtirok etdi.

Oylik doirasida maktablarimizda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan oʻquv-mashgʻulotlari, huquq-tartibot xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar, maʼdaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, chellenjlar, intellektual oʻyinlar, rasmlar, videoroliklar va insholar tanlovi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM