Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#seminar_trening

🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda Oʻrta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik yoʻnalishida seminar-trening tashkil etildi.

Unda ekspertlar tomonidan mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli universitetlarga hujjat topshirish tartibi, xalqaro taʼlim va grantlar dasturlari, IELTS, SAT imtihonlariga tayyorgarlik borasida zarur maʼlumotlar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi taʼlim maskanlarida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun ayni yoʻnalishdagi seminar-treninglar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Jizzax

ISHCHI GURUH:
STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.

Xususan, ishchi guruh Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Jizzax shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Daniel Potot hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Jizzax shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabida “Kitobsevar millat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan maktablarining oʻquvchilari O‘zbekiston matbuoti namoyandalari, taniqli jurnalistlar va ijodkorlar bilan muloqot qildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Xolmurod Salimov, "Yangi O‘zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov soʻzga chiqdi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning toʻrtinchisi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi axborot-kutubxona markazlari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 nomdagi 730 dona kitob sovgʻa qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM