Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#kitobxonlik_targʻiboti

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Birgalikda o‘qiymiz” shiori ostida kitobxonlik bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda kitobsevar oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan asarlari haqida taqdimotlar, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Bellashuv doirasidagi viktorinada oʻzbek va jahon adabiyotiga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Taʼlim maskanida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan mazkur bellashuv oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan boʻlib, yoshlarning badiiy, ilmiy, ijodiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fargʻona 24 | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan inklyuziv ijodiy studiyalar faoliyatiga nazar
#fargʻonaMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening

🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda Oʻrta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik yoʻnalishida seminar-trening tashkil etildi.

Unda ekspertlar tomonidan mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli universitetlarga hujjat topshirish tartibi, xalqaro taʼlim va grantlar dasturlari, IELTS, SAT imtihonlariga tayyorgarlik borasida zarur maʼlumotlar berildi, taqdimotlar oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi taʼlim maskanlarida bitiruvchi-oʻquvchilar uchun ayni yoʻnalishdagi seminar-treninglar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube