Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.4K subscribers
18K photos
2.32K videos
70 files
6.68K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#zakovat

🤩 AGENTLIK MAKTABLARI OʻRTASIDA "ZAKOVAT" OʻRTOQLIK UCHRASHUVI

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Zakovat" oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi:
Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Zakovat klubi" jamoalari ishtirok etdi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvi yakuniga koʻra:

🥇-oʻrin – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
🥈-oʻrin – Toshkent shahar Prezident maktabi;
🥉-oʻrin – Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalariga nasib etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз

Yangi baholash tizimiga doir 3 savolga 3 javob


Xabaringiz bor, 2024-2025-oʻquv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi va ayni vaqtda ushbu taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilim darajasi mazkur tizim asosida baholanmoqda.

👉 Shu oʻrinda yangi baholash tizimi boʻyicha pedagoglar va ota-onalardan kelib tushayotgan ayrim savollarga javob berib oʻtsak.

1. Savol: Biz turli ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali CHSB test savollarini olyapmiz, ammo ushbu savollarda turli tafovut va noaniqliklarni kuzatyapmiz. Buning sababi nimada?

❗️ Javob: Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktab oʻquvchilari bilimini baholash uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan namunaviy test savollari ishlab chiqilgan hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining e-maktab.uz platformasiga joylashtirilgan.

Pedagoglar va ota-onalardan yangi baholash tizimi boʻyicha barcha fanlarga tegishli namunaviy test savollarini faqat e-maktab.uz platformasidan yuklab olishlarini soʻraymiz. Boshqa turdagi axborot kanallari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi savollarning toʻgʻriligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos emas.

2. Savol: CHSB imtihonlari uchun sarflanayotgan qogʻoz va bosmaxona xarajatlari qaysi mablagʻlar hisobidan qoplanyapti? Buning uchun ota-onalardan mablagʻ talab etiladimi?

❗️ Javob: Yoʻq, ota-onalardan mablagʻ talab etilmaydi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi tegishli buyrugʻiga asosan, 2024-yil I va II chorak imtihonlari Toshkent shahar, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi tanlab olingan va yangi baholash tizimi joriy etilgan 168 ta maktabda e-maktab.uz platformasi orqali onlayn, qolgan 1332 ta maktabda anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilangan.

Anʼanaviy tarzda imtihon oʻtkaziladigan 582 ta maktab uchun ajratiladigan (6400 ta oʻram) qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, ushbu maktablarning nazorat materiallari hududiy boshqarmalarga maxsus ajratilgan printer qurilmalarida chop etiladi.

Qolgan 750 ta maktabga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda vazirlik tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etib kelinmoqda.

Mazkur xarajatlar uchun ota-onalardan pul mablagʻlari talab etilishi mumkin emas.

3. Savol: Agar imtihon kunlari farzandim kasal boʻlib qolganligi sababli sinovlarda qayta ishtirok etsa, imtihon ballari tushib ketar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Javob: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga joriy etish boʻyicha tartib”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.

Unga binoan, asosli sabablar (kasal boʻlganligi, yaqin qarindoshlaridan birining vafoti, turli olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki)ga koʻra baholash jarayonida qatnasha olmagan oʻquvchilar uchun sinovlar alohida oʻtkaziladi. Bunda oʻquvchilarga amaldagi baholash mezonlari (maksimal 40 ball)ga koʻra olgan ballari qoʻyiladi.

Uzrsiz sabablarga koʻra baholashda qatnashmagan, ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlashtirilgan yoki 12 balldan past natija qayd etgan oʻquvchilarning maksimal bali 26 balldan oshishi mumkin emas.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining matematika fani oʻqituvchisi Nozimjon Ummatillayev bir yil davomida Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universitetida matematika ta’limi yoʻnalishida magistratura bosqichida tahsil olib qaytdi.

N.Ummatillayev xorijdagi ta’lim taassurotlari haqida taqdimot qildi. Taqdimotdan mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak ishonch va imkoniyat, xorijiy davlatlardagi ta’lim yangiliklari, xalqlar aro madaniy uygʻunlik va farqlar, Buyuk Britaniyada oʻqituvchilik tajribasi, ilmiy tadqiqot yoʻnalishi kabi mavzular oʻrin oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Qoraqalpogʻiston

ISHCHI GURUH:
STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.

Xususan, ishchi guruh Xoʻjayli tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Nukus shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Jade Marck Cantillo hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_maktabimizni_yaxshi_koʻramiz

🤩 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan “Biz maktabimizni yaxshi koʻramiz” mavzusida tayyorlangan videolavha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

⏺️Nurafshon hamda Qarshi shahridagi Prezident maktablari tashkil etilganiligiga uch yil toʻldi.

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida kasbiy rivojlanish treningi
oʻtkazildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida eko-festival
boʻlib oʻtdi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Istiqbolli avlod”
Yosh ko‘ngillilar harakati haqida taqdimot oʻtkazildi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Islombek Otaboyev "Robotech Fest- 2024" tanlovida
gʻolib boʻldi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabida klaviaturada tez yozish musobaqasi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyati bilan
tanishdi.

⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Kasblar almashish kuni" loyihasi
amalga oshirildi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum
imzolandi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabi muassisligidagi “Foresight” jurnalining yangi soni
eʼlon qilindi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabida “Jadidlar”mavzusida davra suhbati
oʻtkazildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Oʻquvchilar almashinuvi” dasturi doirasida badiiy-musiqali chiqishlar
namoyish etildi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga Ozarbayjonning “Hadaf” STEAM litseyi direktori Shamil Sadik
tashrif buyurdi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida “Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri
o‘tkazildi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2-saralash bosqichi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoira Enaxon Siddiqova xotirasiga bagʻishlangan adabiy kecha
oʻtkazildi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Oʻquvchilar almashinuvi dasturi” doirasida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan kelgan oʻquvchilar bilan xayrlashuv marosimi
tashkil etildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sport musobaqalari
boʻlib oʻtdi.

⏺️Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari Toshkent shahrida oʻtkazilgan xalqaro musobaqada sovrinli oʻrinlarni
qoʻlga kiritdi.

⏺️Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston tarix davlat muzeyiga
sayohat qildi.

⏺️
Shayxontohur, Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida 11-sinf oʻquvchilarining oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Akbarjon Karimov "Open Asia-2024" xalqaro tanlovida
gʻolib boʻldi.

⏺️Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari harbiy-vatanparvarlik festivalida
ishtirok etdi.

⏺️
Qoʻngʻirot, Buvayda tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida eko-aksiya tashkil etildi.

⏺️Doʻstlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11- sinf oʻquvchisi Hulkaroy Hasanova "Konstitutsiya bilimdoni" koʻrik tanlovining Respublika bosqichiga
yoʻllanma oldi.

⏺️Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tanlovlar va fan olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan oʻquvchi va pedagoglar
taqdirlandi.

⏺️Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻlkashunoslik mavzusida tanlov
oʻtkazildi.

⏺️Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xalqaro psixologlar kuni"
nishonlandi.

⏺️Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Zakovat” bellashuvi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialiga
ekskursiya qildi.

⏺️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida ota-onalar bilan davra suhbati
tashkil etildi.

⏺️Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Milliy gvardiyaning Shofirkon tuman Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda kamondan otish bo‘yicha musobaqa
oʻtkazildi.

⏺️Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bagʻishlangan “Osmonlar sirini kashf etgan alloma” mavzusida rasmlar tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Al-Gahra Al-Otaibi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, soha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM