Forwarded from Hilola Umarova
Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.
Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.
O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.
9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.
Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.
@hilola_umarova

#Korrupsiyaga_qarshimiz
🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xodimlari hamda o'quvchilari uchun Toshkent viloyati Prokuraturasi xodimi Ulug'bek Ibragimov bilan hamkorlikda "Biz - korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⚡️ Ushbu davra suhbatida xodimlar va o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassisi kodekslarga tayangan holda javob berib o'tdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_hamkorlik
#Koreya
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.
Bugun Koreya Respublikasining Incheon xalqaro maktablar kampusiga ta’lim sayohat uyushtirildi. Unda mazkur maskanning direktori xalqaro maktab haqida to’liq ma’lumot berdi. Shundan so’ng, malakali mutaxassislar tomonidan maktab bo’ylab ekskursiyalar tashkil qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida III Incheon ta’lim festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda jahonning 20 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan 50 dan ortiq ta’lim tashkilotlari qatorida Agentlik delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#sport_maktabi
Joriy yilning 20-28-oktyabr kunlari Qarshi shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ulug'bek Soliyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, 8-sinf o‘quvchilari Aslbek Ro‘zimboyev, Sardor Rajabboyev, Samoyiddin Furqatov, 7-sinf o‘quvchilari Dilshod Jo‘raqulov, Ziyodulla Akromjonov, Aslbek Abdujalolov bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
O‘quvchilarimizga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:
@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bir hafta avval, kanal orqali “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagoglarimiz fikrlari bilan qiziqqan edik. Murojaat botimizga qisqa muddatda mingdan ortiq takliflar keldi, haliyam kelishda davom etmoqda. Ular orasidagi ayrim takliflar e’tiborimizni tortdi:
➖Tanlovni onlayn test shaklida oʻtkazish adolatli boʻladi, xuddi toifa test sinovidagidek. Natijalar ham oʻsha vaqtdayoq chiqsa nomzodlarda ortiqcha savollar qolmaydi. Nazorat ham toifa test sinovidagidek tashkillashtirilsa, menimcha, shaffof va adolati boʻladi.
➖Alohida platforma yaratilishi kerak. Test ham, oldingi natijalar ham platformaga joylanishi kerak. Tanlovni platforma oʻtkazishi kerak. Ochiq darslarni internet va telekanallar orqali onlayn translyatsiya qilish kerak.
➖2016-yil “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashganman. Oʻshanda notanish maktabda dars berib, pedagogik mahoratimizni koʻrsatgan edik. Pandemiyadan keyin esa internetda ovoz toʻplash “moda”ga aylandi. Menimcha, biz musobaqani oʻtkazishning oʻsha “jonli” shaklini qaytarishimiz kerak.
➖Hujjatbozlik kam boʻlishini soʻramoqchiman, masalan testmi testga borib yechib kelish kerak, ish staji necha yil, toifasi nechchi, maktab direktoridan tavsifnoma kabi ortiqcha hujjatlar talab qilmanglar, iltimos.
➖Oʻqituvchilarni har tomonlama baholash uchun terma sinf tuzib ushbu sinfga dars oʻtishlarini aytish hamda eng soʻnggida qaysi oʻqituvchi sifatli bilim berganligini aniqlash uchun oʻquvchilarni suhbat va test qilish kerak.
➖Taʼlim sohasida haqiqatan ham fidoyi ustozlarni tanlab olishda jamoatchilik fikri inobatga olinishi lozim. Korrupsiyani oldini olish uchun mustaqil ekspertlar tarafidan har bir nomzodning yillar davomida xalq taʼlimini rivojlantirishga qoʻshgan hissalari oʻrganib chiqilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Bunda nomzodlar tarafidan maʼlumotlarni yashirish yoki boʻrttirib koʻrsatish holatlari aniqlansa, ularga va maktab maʼmuriyatiga qatʼiy chora koʻrish lozim.
➖Respublika bosqichini televideniye orqali savol-javob tarzida oʻtkazish kerak va har bosqichda boshqa-boshqa hakamlar hayʼati boʻlsin.
➖Oʻqituvchining staji ahamiyatsiz qilib qoʻyish kerak. Chunki shunday yoshlarimiz bor shijoatga toʻla, pedagogik mahorati ham juda zoʻr, hattoki 20-yillik stajga ega pedagoglardan ham yaxshiroq natijalar koʻrsata oladi. Oʻqituvchining unvonlari ham asosiy jihat qilib koʻrsatilmasligi kerak.
➖Men tanlovda faqat oʻqituvchini oʻzini emas, oʻquvchilarini natijalarni ham oʻrganish, natijalar asosida maʼlum bir ball qoʻyishni taklif qilmoqchiman, chunki har bir daraxtni mevasiga qarab baho beriladi, oʻzi qanchalik koʻrkam boʻlmasin, yaxshi meva bermasa, u qadrli boʻlmaydi.
➖Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan ustozlar maʼlum muddat oraligʻida biror platformada roʻyxatdan oʻtishlari, xuddi vazir ustamasidagi kabi (qiyinligi ham shu darajada) 30 ta test mutaxassislik fanidan, 10 ta test pedagogik mahoratdan boʻlib, keyingi bosqichga oʻtish balli belgilanishi kerak.
➖Birinchi bosqich test boʻlsin. Testda 80% dan kam ball olsa ikkinchi bosqichga qoʻyilmasin. Fan olimpiadasini savollarni kabi savollardan tuzilsin. Baholash jarayoniga layk bosish yoki ovoz toʻplash kabi oʻqituvchining oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarni qoʻshmaslik kerak.
➖ “Yil oʻqituvchisi” tanlovida oʻqituvchining erishgan yutuqlariga qaralsa, ixtisoslashgan maktab oʻqituvchilarida imkoniyati koʻproq boʻladi. Chunki ular saralangan oʻquvchilarga bilim berishmoqda. Shuning uchun oʻqituvchilarga oʻz fani va metodlar boʻyicha testlar, topshiriqlar berilsa adolatliroq boʻladi. Oʻz fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar darajasidagi topshiriqlar berilsa nur ustiga aʼlo nur.