Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
🔴 #Live #Seminar

"El-yurt umidi" jamg'armasi tomonidan mutaxassisliklar kesimida 350 o'ringa mo'ljallangan ochiq stipendiya tanlovi haqida keng ma'lumot berish va yo'naltirishga qaratilgan amaliy-seminar boshlandi.

💻 Agentlik hamkorligida Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida bo'lib o'tayotgan ushbu seminarni online kuzating.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida amaliy-seminar tashkil etildi.

📃Mazkur seminarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovi haqida batafsil tushuntirildi. Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida yig‘ilgan o‘quvchilar va zoom orqali seminarda qatnashganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📌O‘quvchilarni tanlovga jalb etish va yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminar orqali ular “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibi bo‘lish afzalliklaridan xabardor bo‘lishdi. Xususan:
▶️ Jamg‘arma stependiya sohiblaridan doimo xabardor bo‘lib turadi, ularga kerakli o‘rinlarda yordam beradi.
▶️Stipendiya sohiblari o‘qishini bitirib qaytganda O‘zbekistonda ish kafolatlanadi.
▶️ Ularga Block account ochiladi, shu bilan birga sug‘urta to‘lovlari ham qoplab beriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PIIMA #PRESS

🔹GULISTONDAGI PREZIDENT MAKTABI BINOSI QURILISH OBYEKTIGA VIRTUAL SAYOHAT

🏗🏢Guliston shahar Shodlik mahallasida Prezident maktabi binosi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Maktab qurilishi uchun hududdan 2.0 gektar yer maydoni ajratilgan.

🧑🏻‍💻👩🏻‍💻Yangi o'quv yilidan ushbu maktabda viloyatning eng bilimli 168 nafar o'quvchisi ta'lim olishni boshlaydi.
#xalqaro_hamkorlik

🔹Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi vakillari shu kunlarda Qozog‘istonning Nursultоn shahrida bo'lib turishibdi.

🏢Tashrif davomida “Nazarboyev intellektual maktablari” bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etildi.

🔹Maktablarni rivojlantirishda xalqaro akkreditatsiyaning o'rni, Agentlik tizimidagi maktablar o'rtasida olimpiadalarni yo'lga qo'yish, tizimdagi maktablarda milliylik va mentalitetimiz mezonlarini hisobga olish muhimligi haqidagi davra suhbatlari shular jumlasidan.

✍🏻Agentlik vakillari Ta'lim dasturlari markazi faoliyati bilan tanishishib, hamkorlikda taʼlim standartlarini ishlab chiqishga kelishishdi.

📌Ikki mamlakat mutaxassislari uchrashuvi “Biz o'qituvchilar bir narsani o'zimiz uchun belgilab olishimiz zarur - biz kelajak ixtirolari iste'molchilarini o'qitamizmi yoki ushbu ixtirolar ijodkorlarinimi?” degan mezon asosida bo'lib o'tmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PIIMA

📌Iqtidorli yoshlarni aniqlash, o'qitish va tarbiyalash, har bir sohada professional bo'lishlari uchun ta'limning yangi - fanlararo yondashuvini joriy qilish Agentlik va uning tasarrufidagi maktablarning asosiy vazifasidir.

📌Основная задача Агентства и его школ - выявлять талантливую молодёжь, обучать и воспитывать их, внедрять новый междисциплинарный подход к образованию, чтобы они могли стать профессионалами во всех областях.

📌The main task of the Agency and its schools is to identify, train and educate talented young people, to introduce a new interdisciplinary approach to education so that they can become professionals in every field.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ijod maktabi o'qituvchisi 100 ballik natijani qo'lga kiritdi

📝👩‍🏫Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mashhura Husanova Ahmadjonovna pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish malaka test sinovida qatnashdi.

⚡️📈U 40 ta test savolining barchasiga to'liq javob berib, 100 ballni qo‘lga kiritdi. Oliy toifagacha bo‘lgan ilk bosqichda o‘zining yuqori salohiyatini ko‘rsata oldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
12:00:00-13:00:00
RADIO 24
🎧 job.piima.uz sayti taqdimoti "O'zbekiston" va "O'zbekiston24" radiokanallarida.
#Xalqaro_mahorat_darsi

💻✔️Agentlik tasarrufidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ishtirokida Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi (AWU) va Butunjahon yosh turk yozuvchilari uyushmasi (DGTYB) a’zosi Umid Najjari bilan onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.

👩🏻‍💼🎤 Ushbu mahorat darsini Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi MMIBDO‘ M.Nurmatov va tarjimon T.Nosirovlar olib bordi. Ikki xalqning bir-biri bilan yaqin do‘stlik munosabatini yanada mustahkamlagan ushbu adabiy uchrashuv qizg‘in savol – javoblarga, o‘quvchilarning mushoiralariga boy bo'ldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Agentlik tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabiga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon G’aniyevlar tashrif buyurdi.

🏢🧑🏻‍💻Tashrif davomida mehmonlar o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi, ularning ta’lim jarayonlarini kuzatib, yaqindan suhbat qurdi.
Shundan so‘ng Halima Xudoyberdiya ijod maktabi muzeyidagi shoiraning esdalik suratlari, yod etuvchi turli ko‘rgazmalar bilan tanishildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube