Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.3K subscribers
19.6K photos
2.49K videos
71 files
7.15K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#sport_maktablari
#xalqaro_turnir

🥊Oqsoy shahrida (Qozog‘iston) sportning boks turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Dostiq-Drujba” kubogi XXVI an’anaviy xalqaro turnirida boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro turnirda Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quvchi-sportchilari O‘smanov Abbos 46 kg vaznda, Fozilov Fayoziddin 63 kg vaznda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqaning 46 kg vazn toifasi g‘olibi O‘smanov Abbos musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️ XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA AʼZOLIK UCHUN MUHIM QADAM

🤩 Agentligimiz tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning  soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM