Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
83.1K subscribers
21.1K photos
2.64K videos
73 files
7.69K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Oliy ta’limdagi dolzarb masalalar va ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda

Forum kun tartibidagi asosan quyidagi mavzularda panel sessiyalari o'tkazilmoqda:
🔹yosh universitetlarning nufuzli muassasalar sifatidagi maqomini mustahkamlash;
🔹o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish;
🔹iste’dodlarni jalb qilish va saqlab qolishda obro‘-e’tiborning hal qiluvchi roli;
🔹zamonaviy ta’lim muassasalari uchun hamkorlikning yangi modellari va boshqalar.

🎗 Forum qizg'in muhokama va savol-javoblar asosida o'tmoqda.

🔁 English

#Forum #CAUF #panel_sessions

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent yirik xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkazilmoqda.

Bugun forum doirasida xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Bu aloqalar taʼlim tizimida ham aks etib borayotgani quvonarli. Markaziy Osiyo oʻzining yosh va oʻsib borayotgan aholisi bilan ulkan salohiyatga ega. Mintaqaning 75 milliondan ortiq aholisi bor. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Oʻzbekistonning oʻzida aholining 60 foizidan ortigʻi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir.


Bugungi tadbir faqat mintaqa doirasi bilangina cheklanib qolmagani quvonarli holat. Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Bugun tadbirlarimiz doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi, xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Umid qilamanki, bugungi muloqot yangi imkoniyatlarni ochib beradi, biz muntazam hamkorlikni mustahkamlab, katta maqsadlarimizga birgalikda erishamiz.

Forum tadbirlari davom etadi.

@hilola_umarova