Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ijod_maktablari

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektor rahbarlari bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida boʻlib, taʼlim dargohi faoliyati bilan tanishdi.


Oʻtgan davr mobaynida mazkur taʼlim maskani koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Bilimni baholash agentligi tomonidan eʼlon qilingan 2023-yil bitiruvchilarining oʻz fanlaridan toʻplagan bali sarhisobi boʻyicha Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari oʻrtacha 159,7 ball bilan respublika boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan edi. Joriy yilda umumiy natijalarga koʻra, ijod maktabi oʻrtacha ball koʻrsatkichlari boʻyicha respublikada 1-oʻrinni egalladi.

Oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini unumli va sermazmun oʻtkazish maqsadida ijod maktabida tasviriy va raqamli sanʼat, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash, veb-dizayn, teleradiojurnalistika, aktyorlik mahorati kabi zamonaviy toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda.

Viloyat rahbari mazkur toʻgaraklarning faoliyatini koʻzdan kechirdi, oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

Ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan shoirlarimizning sheʼrlari, qoʻshiqlar ijro etildi, jadidchilar siymosi aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Viloyat hokimi maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan uchrashuvda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ijod maktablari iqtidorli yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochganligini qayd etib, Erkin Vohidov ijod maktabining faoliyatini yuqori baholadi.

Bu yerda tahsil olayotgan yoshlar orasidan buyuk shoir va adiblarimizga munosib izdoshlar yetishib chiqishiga umid bildirib, maktab jamoasiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida ko'plab oliygohlar bilan kelishuvlar imzolanmoqda

💫 Xalqaro forum doirasida dunyoda top 501-600 reytingda turuvchi Nazarboyev universiteti bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvdan asosiy maqsad ikkala universitet talabalari o'rtasida akademik mobillikning yo'lga qo'yilishidir.

☑️ Unga ko'ra ikkala oliygoh o'rtasida talabalar almashinuvi yo'lga qo'yiladi. Xususan, Nazarboyev universiteti talabalari "Yangi O'zbekiston" universitetida "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari esa Nazarboyev universitetida tahsil olishi mumkin.

🎗 Talabalarning tahsil olgan davrdagi baholari ikkala universitet tomonidan tan olinadi.

🔁 English

#Forum #CAUF #Nazarboyev #kelishuv

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida ma’lumot oldi, shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Fond ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi.

Loyihaning barqarorligini ta’minlash maqsadida maktablarda YUNISEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

"Toza ichimlik suvi" loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpog‘istonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimlari o‘rnatiladi, bu esa bolalarning ta’lim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

Председатель Попечительского совета Фонда Zamin посетила общеобразовательную школу №1 и специализированную школу-интернат №4 в Нукусе, пообщалась с педагогами и учениками, узнала об их успехах, а также осмотрела современные системы водоочистки, установленные в учебных заведениях.

При поддержке Фонда 180 школ Республики Каракалпакстан были оснащены оборудованием водоподготовки для доступа к чистой питьевой воде.

Для обеспечения устойчивости проекта в школах проходят тренинги экспертов ЮНИСЕФ по водосбережению, санитарии и гигиене.

В рамках дальнейшей реализации проекта «Чистая питьевая вода» ещё в 52 каракалпакских школах будут установлены системы водоочистки, что позволит улучшить условия обучения и здоровья детей.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube