Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Vatan_tayanchi

📍Andijon shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur” xotira maydonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Andijon viloyatida joylashgan 16 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 320 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchibolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova
#yangi_baholash_tizimi

⚡️MEZONLARGA ASOSLANGAN YANGICHA BAHOLASH TIZIMI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimdagi maktablarga yangi baholash boʻyicha biriktirilgan umumtaʼlim maktablarining rahbarlari va masʼul ustozlari uchun "Mezonlarga asoslangan yangicha baholash tizimi" mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

📍Hududlarda boʻlib oʻtayotgan seminar-trening jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

📍Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Namangan viloyatida joylashgan 15 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 300 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchibolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM