Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligining delegatsiyasi IB dasturi boʻyicha hamkorlik maqsadida Moskva shahridagi Letovo maktabida tanishuv va tajriba almashinuvi jarayonida qatnashmoqda.

Delegatsiya tarkibida Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining bir qator fan oʻqituvchilari va rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Letovo xalqaro maktabida boʻlib, taʼlim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻzaro muloqotda taʼlim sohasida hamkorlik, ilmiy-pedagogik asoslar va umumiy yondashuvlar, Letovo taʻlim modeli bilan tanishish, oʻquv jarayonlarini tashkil etishda milliy va xorijiy tajriba, oʻgʻil-qizlarni iqtidorini yuzaga chiqarishda zamonaviy yondashuvlar kabi mavzularda Letovo maktabining direktori M.G.Mokrinskiy bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida taʻlim jarayonida infratuzilmalardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari, fanlararo aloqadorlik, baholash tizimi, STEАM yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida soʻz yuritishdi.

Delegatsiyaning Rossiyaga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"International inclusive hub"da kreativ va IT industriyaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi imtihonli qabul o‘tkazilmoqda: Teatr san’ati, Zamonaviy keramika, Rangtasvir, Fashion-dizayn, Media, Robotexnika va mexatronika, Grafik dizayn, 3D modellashtirish, AKT.

Yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirish uchun Polimoda dizayn va moda instituti direktori Massimiliano Jornetti tashrif buyurdi. Mashhur italiyalik dizayner shaxsiy kolleksiyani yaratishda nimaga e’tibor qaratish kerakligi, milliy merosdan qanday foydalanish, stereotip fikrlash chegaralaridan chiqish, nima ilhom manbai bo‘lishi mumkinligi va moda olamida o‘z brendini qanday targ‘ib qilish haqida so‘zlab berdi. Xabdagi Fashion-dizayn yo‘nalishining birinchi qabul o‘quvchilari o‘z ishlarini namoyish etishdi va ustoz dizaynerdan foydali maslahatlar olishdi.

В International inclusive hub проходит первый экзаменационный набор по следующим направлениям в креативной и IT-индустрии: Театральное искусство, Современная керамика, Живопись, Fashion-дизайн, Медиа, Робототехника и мехатроника, Графический дизайн, 3D-моделирование, ИКТ.

Поддержать и вдохновить юных дизайнеров приехал директор Института дизайна и моды Polimoda Массимилиано Джиорнетти. Знаменитый итальянский дизайнер рассказал, на что нужно обращать внимание при создании собственной коллекции, как использовать национальное наследие, выходить за рамки стереотипного мышления, что может послужить вдохновением и как продвигать свой бренд в мире моды. Ученики первого набора Fashion-дизайн в Хабе продемонстрировали свои работы и получили конструктивные советы от мэтра.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#zakovat
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi g‘oliblari

📝 Mazkur 42 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM