Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xon_atlas_festivali

🤩Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida “Xon atlas” festivali doirasida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar davom etmoqda.

Mazkur tadbirlarda faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarimiz milliy matolarimiz, liboslarimiz kabi xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlgan madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaymoqda.

“Xon atlas” festivali doirasida yoshlarimizning kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlarini oshirishga alohida eʼtibor berimoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_seminar
#Soʻx_tumani

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi So'x tumanidagi 3-IDUMda ta'lim jarayonlarini yangicha baholash tizimi bo'yicha o'quv-seminari o'tkazdi.

O'quv-seminari ishtirokchilariga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish, elektron jurnal yuritish, o'quvchilarni baholash va ular bilan ishlashdagi tajribalarini ustoz va soha mutaxassislariga o'rtoqlashdilar.

Shuningdek, kelgusi ta'lim jarayonlarida o'quvchilarni to'garak jarayonlariga jalb qilish, kasb-hunarga o'rgatish, zamonaviy kasblar xususan, kompyuter savodxonligi hamda xorijiy tillar bilimdoni qilib tarbiyalash borasida taklif va mulohazalar tinglandi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi o'quv-seminarlar yil davomida tashkillanishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM