#ishga_taklif
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:
➖ ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi (rus sinflari uchun);
➖ oʻzbek tili fani oʻqituvchisi;
➖ matematika fani oʻqituvchisi;
➖ informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchisi;
➖ xorijiy til (ingliz tili) fani oʻqituvchisi;
➖ tabiiy fanlar oʻqituvchisi
➖ tarix fani oʻqituvchisi;
➖ boshlangʻich sinf (rus tili) oʻqituvchisi;
➖ tarbiyachi pedagog.
📝 Talablar:
➖ Oliy maʼlumotli;
➖ Pedagogika sohasida ish tajribasi;
➖ Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi;
➖ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.
🟢 Imkoniyatlar:
➖ Ahil va professional jamoa;
➖ Doimiy malakaviy oʻsish;
➖ Iqtidorli oʻquvchilar;
➖ Xalqaro konferensiya va treninglar.
🗂 Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi.
🟢 Hujjatlarni 10-sentabrga qadar job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 161).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana yangi oʻquv yilini ham boshlab oldik. Ilk safar va pedagoglar bilan uchrashuvni Soʻx tumanidan boshlashni niyat qilgandim. Shu maqsadda kecha Soʻxga bordik, kunning birinchi yarmida tumandagi pedagoglar bilan uchrashib, ochiq muloqot qildik.
Tumanda oʻzgarishlar katta, birgina joriy yildagi investitsiya davlat dasturi asosida 3 ta maktab, 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan barpo etilib, qoʻshimcha 360 oʻrin yaratildi. Yana bitta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Kunning ikkinchi qismida yangi qurilgan, 120 oʻringa ega 30-sonli MTTda boʻldim. Bolajonlar bilan suhbat, mashgʻulotlarda qatnashish, ularni tinglash, mahoratlarini koʻrib zavqlanish – men uchun kechagi kunning eng yorqin voqeasi boʻldi.
Tuman bilan bogʻliq maqsadlarimiz katta, birgina misol: Soʻxda maktabgacha qamrov – 70,8 foiz boʻlib, yil oxiriga qadar 76 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bu vazifalarni jonkuyar pedagoglar, jamoamiz, taʼlimga befarq boʻlmagan insonlar koʻmagida uddalaymiz, albatta!
@hilola_umarova

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️OʻQUVCHIMIZ IELTSDAN 8,5 BALLIK NATIJA KOʻRSATDI
🤩 Agentligimiz tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammadali Nazarov IELTS imtihonidan 8,5 ballga ega boʻldi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IELTS_result
⚡️OʻQUVCHIMIZ IELTSDAN 8,5 BALLIK NATIJA KOʻRSATDI
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xon_atlas_festivali
Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” festivali doirasida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar tashkil etildi.
Milliy liboslarimizda xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarimizning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi. Kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlari ham oshdi.