Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44K subscribers
18.3K photos
2.36K videos
70 files
6.78K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

🤩 Agentlik tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida 2024/2025-oʻquv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar oʻquvchi hamda ularning ota-onalari, yaqinlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Dastlab mehmonlar maktab hayoti, oʻquv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oʻquvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar va ularning ota-onalari Prezident maktabi Konstitutsiyasi, shuningdek, Axloq kodeksi talablari, maktab “Oʻquvchilar turar joyi” nizomi va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirildi hamda ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🤩 Agentlik tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostida amaliy seminar-trening oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur seminar-trening doirasida respublikamizning barcha hududlaridagi Prezident maktablarining Maxsus fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va Akademik direktorlari uchun Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markaziga sayohat tashkil etildi.

Hunarmandlik markazida yuzlab turdagi atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.Barcha mahsulotlar to‘liq qo‘l mehnati yordamida 100 foiz toza ipakdan to‘qiladi.

Markazda tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi, podium, chevarxona ham o‘rin olgan. Matoga gul chizish, bog‘lash, davra, qad tayyorlash jarayonlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etiladi.

Sayohat davomida seminar ishtirokchilari milliy matolarimizni yaratish jarayoni, gilamdoʻzlik, kashtachilik sir-asrorlari bilan yaqindan tanishdi. Serjilo ranglar, goʻzal naqshlar bilan uygʻunlashib ketgan milliy hunarmandlik namunalari ularda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Oksana Chusovitinaga o’rinbosarlar saralanmoqda

#30aug #uzbekiston24

🤩 Bugun, 30-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi bosqichi 1 smenada boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Bu yil Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoqning xushmanzara sohilida o‘tkazilgan Respublika inklyuziv IT oromgohi yakuniga yetdi. Bu yerda 5 kun davomida respublikaning barcha hududlaridan kelgan 160 nafar qiziquvchan bola veb-saytlar yaratish, ilovalar ishlab chiqish, tibbiyotda 3D modellashtirish, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashda aerodinamika tamoyillarini chuqur o‘rganishdi. 3000 nafardan ortiq o‘quvchi esa DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design kabi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn tarzda mashg‘ulotlarga qo‘shilishdi.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va uchun oromgoh yopilishiga tashrif buyurdi. Marosimda bolalar o‘zlarining dastlabki raqamli loyihalari va ijodiy yutuqlarini namoyish etishdi. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi yosh ITchilarga o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirishni va tanlagan kasblarida muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lishlarini tiladi.

Завершился Республиканский инклюзивный IT-лагерь, который в этом году прошёл в живописном месте на берегу Чарвака в Бостанлыкском районе. Здесь в течении 5 дней 160 увлеченных ребят со всей республики углубляли свои знания по созданию сайтов, написанию приложений, изучали 3D-моделирование в медицине, принципы аэродинамики при разработке моделирования беспилотных летательных аппаратов для их использования в сельском хозяйстве. Более 3000 учащихся присоединялись к ребятам онлайн, обучаясь по таким направлениям, как DotNet, No Coding, Frontend, Python, Flutter, Web Design.

Выразить поддержку и восхищение талантами ребят приехала Зироат Мирзиёева. На закрытии лагеря ребята показали свои первые цифровые проекты и творческие достижения. Председатель Попечительского совета Фонда Zamin пожелала юным айтишникам и дальше развивать свои способности и стать успешными специалистами в выбранной профессии.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube